Manbalar

Shayx Zayd masjidi () – Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahridagi asosiy masjid. BAAning Abu Dabi shahridagi Shayx Zayd masjididan keyingi ikkinchi eng yirik masjid.

Tarixi Masjid 2015-yilda ochilgan boʻlib, dastlabki Qurbon hayiti namozi Al-Sharqiy hukmdori shayx Hamad bin Muhammad al-Sharqiy boshchiligida ado etilgan.

Geografiyasi Masjid Fujayra shahri markazida, Muhammad bin Matar koʻchasida joylashgan.

Tuzilishi Fujayradagi Shayx Zayd masjidi tashqi koʻrinishi jihatidan Istanbuldagi Ahmadiya masjidiga oʻxshash, ushbu oq rangli yirik masjid shahar markazining koʻplab nuqtalaridan koʻrinib turadigan muhim meʼmoriy yodgorlik sanaladi. Masjid taxminan 28 000 nafar ibodat qiluvchini sigʻdira oladi, umumiy maydoni ni tashkil etadi. Masjidda 65 ta gumbaz va balandligi 80 va 100 metr oraligʻida boʻlgan 6 ta minora mavjud. Favvoralar va bogʻlar bilan bezatilgan masjid hovlisi 14 000 kishini qabul qila oladi.

Yana qarang Shayx Zayd masjidi, Abu Dabi Birlashgan Arab Amirliklarida islom Birlashgan Arab Amirliklaridagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Shayz Zayd masjidi, Fujayra (YouTube) Citylifetravels: SShayz Zayd masjidi, Fujayra, Birlashgan Arab Amirliklari (Facebook) Shayz Zayd masjidi – Fujayra shahridagi masjid

Turkum:21-asr Birlashgan Arab Amirliklaridagi masjidlar Turkum:2015-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Fujayra amirligidagi masjidlar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi gumbazli masjidlar Turkum:Fujayra shahri Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi minorali masjidlar Turkum:Osiyodagi sunniy masjidlar