San Francisco () — AQShning Kaliforniya shtatidagi shahar va okrug. Uning nomi avliyo (ispancha San) Assisilik Francis sharafiga qoʻyilgan. Ushbu shahar Sertepali yarim orolda joylashgan. San Francisco qoʻltigʻi va Oltin Darvoza boʻgʻoziga qurilgan koʻpriklar uni atrofidagi shaharlar bilan bogʻlaydi. Aholisi 776,7 ming kishi (2000). AQSH gʻarbidagi yirik savdo-moliya va madaniyat markazi. Mamlakatning Tinch okeani sohilidagi bosh porti 45 million tonnagacha yuk ortib tushirilgan. Transport yoʻllari tuguni. 3 aeroportidan biri xalqaro ahamiyatga ega. San Franciscoda yirik banklar, firmalar idoralari faoliyat koʻrsatadi. Metallsozlik, kemasozlik, tikuvchilik, oziqovqat, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Raketakosmik, radioelektronika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya sanoati korxonalari shahar chetida joylashgan. Metropoliten qurilgan. 3 universitet, konservatoriya, ilmiy tadqiqot intlari, teatrlar, muzeylar, kutubxonalar bor. Harbiy dengiz bazasi. Shaharga 1776-yilda asos solingan. 1945-yilda San Franciscoda boʻlib oʻtgan San Francisco konferensiyasida BMT tashkil etilgan.

270px|right|thumb|San Fransisko 1855-yilda.

thumb|right|San Fransisko va Oklendni birlashtiruvchi Bay Bridge koʻprigi 200px|thumb|right|Kabelli tramvay

Qardosh shaharlar

Abidjan (), Kot d'Ivuar Assisi (), Italiya Karakas (), Venesuela Kork (), Irlandiya Manila (), Filippin Osaka (), Yaponiya Parij (), Fransiya Saloniki (, ), Yunoniston Seul (), Janubiy Koreya Sidney (), Avstraliya Taybey (), Tayvan Xayfa (), Isroil Xoshimin (), Vyetnam Surix (), Shveysariya Shanxay (), Xitoy

Bibliografiya

Qoʻshimcha maʼlumot

Solnit, Rebecca. Infinite City: A San Francisco Atlas (University of California Press, 2010). 144 pp. ; online review

Winfield, P. H., The Charter of San Francisco (The fortnightly review Vol. 157–58:2 (1945), p. 69–75) San Francisco (article) (1870) The Overland Monthly, January 1870 Vol. 4, No. 1, pp. 9–23. San Francisco: A. Roman & Co., Publishers Bay Watched — How San Franciscoʻs New Entrepreneurial Culture is Changing the Country (article) (October 2013), Nathan Heller, The New Yorker Havolalar

Virtual Museum of the City of San Francisco

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:California shaharlari