Rustam Nurgaliyevich Minnixanov (1957-yil 1-martda tugʻilgan) – rossiyalik siyosatchi, 2010-yildan buyon Rossiya Federatsiyasining subyekti hisoblangan Tatariston Respublikasi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Biografiyasi Rustam Minnixonov 1957-yil 1-martda Tatariston ASSRning Ribno-Slobodskiy tumanidagi Yangi Arish qishlogʻida Volga tatarlari oilasida dunyoga kelgan.

U 1978-yilda Qozondagi Qishloq xoʻjaligi institutini muhandis-mexanik sifatida, 1986-yilda esa Sovet savdosi sirtqi institutini tovarshunos mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Rustam Minnixonov iqtisod fanlari doktori unvoniga ega.

Shaxsiy hayoti

Minnixanov uylangan va ikki oʻgʻilning otasi. Uning oʻgʻli Irek Minnixanov 2013-yil 17-noyabrda Tatariston aviakompaniyasining 363-reysi halokatida vafot etgan.

Minnixanov avtosportning ashaddiy muxlisi boʻlib, FIA Yevropa Rallycross chempionatining doimiy ishtirokchisi edi. 2007-yilda u 550 ot kuchidan ortiq quvvatga ega Citroën C4 T16 4x4 rusumli avtomobilni boshqargan. Bu avtomobilni 2006-yilda 14 karra Yevropa Rallycross chempioni shvetsiyalik Kennet Xansen qurgan va musobaqalarda haydagan edi. 2008 va 2009-yillardagi ERX seriyasi uchun Xansen jamoasi Minnixanov uchun butunlay yangi C4 rusumli avtomobilni yaratdi. Minnixanov 2002, 2003, 2004 va 2006-yillarda oʻzining Kamaz 4911 avtomobili bilan Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtkazilgan UAE Desert Challenge (Rally Raid musobaqasi) yuk mashinalari toifasida gʻolib boʻlgan. Shuningdek, u 2004 va 2005-yillarda toʻrt gʻildirakli Ford Puma avtomobili bilan avtokross haydovchilari oʻrtasidagi FIA Yevropa chempionatida umumiy hisobda 3-oʻrinni egallagan.

Minnixanov vertolyot boshqarish uchun sertifikatga ega.

Sanksiyalar

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban, Amerika Qoʻshma Shtatlari Gʻaznachilik departamentining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi 2023-yil 26-yanvarda Minnixanovni Maxsus tayinlangan fuqarolar va taqiqlangan shaxslar roʻyxatiga kiritdi. Bu natijada uning aktivlari muzlatib qoʻyildi va AQSH fuqarolariga u bilan har qanday munosabatda boʻlish taqiqlandi. 2023-yil aprel oyida Kanada Rustam Minnixanovga va uning rafiqasiga nisbatan sanksiyalar joriy etgan.

Faxriy unvonlar va mukofotlari 4-darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni Doʻstlik ordeni „Sankt-Peterburgning 300 yilligi medali“ „Qozonning 1000 yilligi xotirasiga“ medali „Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdagi alohida xizmatlari uchun“ medali (FVV) „Tatariston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun“ ordeni Garaşsyzlyk ordeni (2021-yil)Prezident Tatarstana nagrajdyon ordenom Turkmenistana „Garashsizlik“ Doʻstlik ordeni (Ozarbayjon) (2024-yil)

Izohlar

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Tataristonlik siyosatchilar Turkum:Tatariston rahbarlari Turkum:Tatariston Bosh vazirlari Turkum:Yagona Rossiya aʼzolari Turkum:Tatar millatiga mansub rossiyaliklar Turkum:Tatar siyosatchilari Turkum:Vatan oldidagi xizmatlari uchun 1-darajali ordeni sohiblari Turkum:Vatan oldidagi xizmatlari uchun 2-darajali ordeni sohiblari Turkum:Vatan oldidagi xizmatlari uchun 4-darajali ordeni sohiblari Turkum:Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordeni sohiblari Turkum:Hurmat ordeni sohiblari (Rossiya) Turkum:Rossiyaning Doʻstlik ordeni sohiblari