Demirchi qishloq masjidi – 1892-yilda Ozarbayjonning Shamaxi tumani Demirchi qishlogʻida qurilgan masjid, tarixiy va meʼmoriy yodgorlik.

Masjid 2001-yil 2-avgustdagi Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi Demirchi qishloq masjidi 1892-yilda Ozarbayjonning Shamaxi tumani Demirchi qishlogʻida bunyod etilgan.

Sovet bosqinidan soʻng, 1928-yilda Ozarbayjonda dinlarga qarshi rasmiy harakat boshlandi. Koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinaogogalar maʼrifiy va madaniy faoliyat olib boruvchi klublar tasarrufiga topshirildi. 1917-yilda Ozarbayjonda qariyb 3000 ta masjid mavjud boʻlgan boʻlsa, ularning soni 1927-yilda 1700 ta, 1928-yilda 1369 ta, 1933-yilga kelib esa atigi 17 tani tashkil qilgan. Demirchi qishloq masjidi ham aynan shu davrda oʻz faoliyatini toʻxtatgan.

Ozarbayjon mustaqilligini tiklanganidan soʻng, masjid 2001-yil 2-avgustdagi Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritildi.

2017-yilda Demirchi qishlogʻida amalga oshirilgan restavratsiya ishlari doirasida masjid taʼmirlandi va ibodat qiluvchilarga foydalanish uchun topshirildi.

Galereya

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Ozarbayjondagi XIX asr masjidlari Turkum:1892-yilda qurib bitkazilgan diniy binolar va inshootlar Turkum:Shamaxı tumani