Yangi Shusha masjidi () – Ozarbayjonning Shusha shahrida qurilayotgan masjid.
Tarix Masjid poydevori 2021-yil 12-may kuni qoʻyilgan.
2025-yil 17-iyul kuni prezident Ilhom Aliyev va Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov qurilish maydonida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar. 2025-yil 16-sentyabr kuni prezident Ilhom Aliyev va Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti, shayx Muhammad ibn Zayd an-Nahyon maydonga tashrif buyurib, davom etayotgan ishlarni koʻzdan kechirdilar.
Masjid qurilishi 2026-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.
Meʼmoriy yechim va dizayn Masjidning umumiy shakli Gʻalaba kuni bilan bogʻliq boʻlgan 8 raqamini eslatuvchi shaklda, 2 ta minora esa noyabr oyiga ishora qiluvchi 11 raqami shaklida loyihalashtirilgan.
Eʼlon qilingan loyiha tafsilotlariga koʻra, minoralarning balandligi 72 metr boʻlishi rejalashtirilgan. Tashqi koʻrinishida Shushaning tarixiy masjidlari minoralariga xos geometrik bezaklardan foydalanish va gumbazni mozaika bilan qoplash koʻzda tutilgan. Loyihalash ishlarida ozarbayjonlik va italiyalik meʼmorlar ishtirok etgan.
Galereya
Yana qarang Ozarbayjondagi masjidlar
Manbalar
Turkum:Shushadagi masjidlar Turkum:Ozarbayjonda qurilayotgan binolar va inshootlar