Issa Hayatou (1946-yil 9-avgust – 2024-yil 8-avgust) kamerunlik sport amaldori, sportchi va futbol maʼmuri boʻlib, 1988-yildan 2017-yilgacha Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) prezidenti sifatida tanilgan. Issa 2016-yil 26-fevralgacha FIFA prezidenti vazifasini bajaruvchi boʻlib ishlagan, chunki avvalgi prezident Sepp Blatter 2015-yilda FIFA korruptsion tergovining bir qismi sifatida futbol bilan bogʻliq barcha faoliyatdan chetlatilgan. 2002-yilda u FIFA prezidenti lavozimiga nomzodini qoʻydi, ammo Blatter tomonidan magʻlubiyatga uchragan. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) aʼzosi ham boʻlgan.
2010-yil noyabr oyida u BBC tomonidan 1990-yillarda Jahon chempionati televizion huquqlarini berish boʻyicha pora olganlikda ayblangan. XOQ uni tergov qilishini eʼlon qildi. 2017-yil 16-mart kuni u malagasilik daʼvogar Ahmad Ahmadga magʻlub boʻldi va Hayatuning CAF prezidenti sifatidagi 29 yillik hukmronligiga yakun yasadi. 2017-yil 24-mayda u Kamerun prezidenti Paul Biya tomonidan Milliy futbol akademiyasi prezidenti etib tayinlangan.
Mukofotlari 2007-yil 3-noyabrda Hayatou Nigeriyaning Oyo shtati, Ogbomosho shahridagi Ladoke Akintola texnologiya universitetining faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar Issa Hayatou Biography. African Success Database. Issa Hayatou Biography. FIFA. Issa Hayatou re-elected as CAF President. FIFA. 20 January 2000.
Turkum:Afrika futbol konfederatsiyasi Prezidentlari Turkum:Kamerunlik musulmonlar Turkum:Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi aʼzolari Turkum:Kamerunlik erkak basketbolchilar Turkum:Kamerunlik erkak sprinterlar Turkum:Garoualik kishilar Turkum:FIFA rasmiylari Turkum:FIFA prezidentlari