Qutalmish ibn Arslon Isroil (, قوتالمش بگ, ) (muqobil yozilishlari: Qutalmis, Kutalmish, ) XI asrda Saljuqiylar uyining aʼzosi boʻlgan turk shahzodasi edi. Uning oʻgʻli Qutalmish o‘g‘li Sulaymon Rum Sultonligini Anatoliyada barpo etgan.

Rum sultonligi Qutalmish Arslon Yabgʻuning oʻgʻli va Toʻgʻrulning amakivachchasi boʻlib, saljuq turklari zabt etishlarida muhim rol oʻynagan. 1046-yilda u Toʻgʻrul tomonidan Vizantiya qoʻshinini Ganjadan qaytarish uchun qoʻshin bilan yuborilgan va gʻalaba qozongan. (qarang: Ganja jangi (1046))

U Toʻgʻrulga qarshi qoʻzgʻolonni qoʻllab-quvvatlagan va taxt vorisligi masalasida Alp Arslon bilan raqobatlashgan. (qarang Damg‘on jangi (1063)) Tarixchi Ali ibn al-Asirnig yozishiga koʻra, Qutalmish yulduzlar ilmini bilgani aytiladi. Uning besh oʻgʻli boʻlgan, ularning orasida Mansur va Sulaymon boʻlib, Sulaymon 1084-yilda Malikshoh I tomonidan Rum sultoni sifatida tan olingan.

Ismining maʼnosi Qut Almış „baxt (shon-shuhrat)ga muyassar boʻlgan kishi“ degan maʼnoni anglatadi.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:XI asr zodagonlari