Al-Ansor masjidi () – Singapurdagi masjid. 1981-yilda qurib bitkazilgan boʻlib, Bedok shaharchasining shimoliy qismida, Chai Chee koʻchasi va Bedok North Avenue 1 chorrahasida joylashgan. Masjid dastlab bir vaqtning oʻzida 3500 kishigacha kishini sigʻdira olgan.

2011-yil oktyabr oyida masjid raisi masjidda yirik rekonstruksiya ishlari oʻtkazilishi haqida eʼlon qilgan, taʼmirlash ishlari 2012-yil oktyabr oyida boshlangan. Yangilash ishlari qariyb 3 yil davom etgan, buning natijasida sigʻim 4500 kishiga oshirilgan hamda keksalar uchun binoga kirish imkoniyati yaxshilangan. Asl masjiddan saqlanib qolgan yagona qism minoradir.

Masjid rasman 2015-yil 24-aprel kuni qayta ochildi. Yangi masjid jami 7 qavatdan iborat boʻlib, shu jumladan, yerosti avtoturargohiga ham egaBedok’s Al-Ansar Mosque reopens | http://www.channelnewsasia.com/news/singapore/bedok-s-al-ansar-mosque/1805196.html .

Transport Masjidga Bedok MRT bekatidan borish mumkin.

Yana qarang Singapurdagi islom Singapurdagi masjidlar ro‘yxati

Manbalar

Havolalar

Majlis Ugama Islam Singapura, MUIS (Singapur Islom Diniy Kengashi) MUIS tasarrufidagi Singapurdagi masjidlar roʻyxati: Masjid Al-Ansar Chai Cheedagi 30-yillik Al-Ansar masjidining yangilanishi

Turkum:Bedok Turkum:1981-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Singapurdagi masjidlar Turkum:Singapurda 20-asr me’morchiligi