Sharaf al-Maoliy Abu Mansur Anushtakin ad-Dizbariy (1042-yil yanvarda vafot etgan) Fotimiylar xalifaligi amaldori va lashkarboshisi boʻlib, Suriyada eng qudratli Fotimiy hokimiga aylangan. Uning Damashqda joylashgan boshqaruvi ostida butun Suriya yagona Fotimiylar hukmronligiga birlashtirilgan. Damashqlik Ibn al-Qalonisiy va halablik Ibn al-Adim kabi zamondosh tarixchilar Anushtakinning boyligi, adolatli boshqaruvi va xalqqa nisbatan odilona munosabati haqida yozganlar. Ular Anushtakinning aholi orasida mashhur boʻlganini ham taʼkidlaganlar.

Etnik turk boʻlgan Anushtakin oʻz vatani Movarounnahrda qul qilinib, 1009-yilda Damashqda daylamiy Fotimiy zobit Dizbar ibn Avnimga sotib yuborilgan. Dizbarning mulklarida qoʻriqchilik qilgan Anushtakin keyinchalik Qohiradagi xalifa al-Hakim saroyida gʻulom (harbiy qul) boʻlib xizmat qilgan. 1014/15-yilda esa zobitlik lavozimiga koʻtarilgan. 1017—1023-yillar oraligʻida Anushtakin Baʼlabak va Kesariya hokimi lavozimida faoliyat yuritib, boylik toʻplagan hamda mahalliy shuhrat qozonib, Suriya ishlari boʻyicha chuqur bilimga ega boʻlgan. Keyinroq Ramlada Falastinning harbiy hokimi lavozimiga tayinlangan. Shu tariqa Falastin aholisi uchun asosiy tahdid boʻlgan Banu Tayy badaviylarining nufuzli oilasi boʻlmish kuchli Jarrohiylar bilan yuzma-yuz keldi. Jang maydonlarida jiddiy magʻlubiyatga uchragach, 1026-yilda Qohiraga chaqirtirilib, qamoqqa olindi. Biroq, koʻp oʻtmay ozodlikka chiqarildi. Ikki yil oʻtgach, vazir Ali al-Jarjaraiy Anushtakinni qoʻshin bilan Suriyadagi Tayy va Kilab qabilalariga qarshi yubordi. Anushtakin 1029-yilda Tabariya koʻli yonidagi jangda ularni tor-mor qildi.

Anushtakin Suriya ustidan oʻz hokimiyatini mahalliy zodagonlar, ayniqsa Kalb qabilasidan boʻlgan Rofi ibn Abi Layl bilan ittifoq tuzish, badaviylarning bosqinchilik harakatlarini cheklash, Jarrohiylar bilan murosaga kelish va koʻplab gʻulomlarni oʻz safiga qoʻshish orqali mustahkamladi. 1030-yillarning oʻrtalarida Anushtakin va al-Jarjaraiy oʻrtasida ziddiyat yuzaga keldi. Buning sababi, al-Jarjaraiy Anushtakinning tobora kuchayib borayotgan siyosiy intilishlaridan xavotirga tushgani edi. Al-Jarjaraiy Anushtakin bilan Halabning mirdosiy amiri Shibl ud-Davla Nasr oʻrtasida nizoni avj oldirdi. Bu mojaro 1037-yilda Anushtakinning Nasrni magʻlub etishi, uni oʻldirishi bilan yakunlandi. Keyingi yili Anushtakin Halabni deyarli qarshiliksiz zabt etdi. Bu voqea Suriyaning barcha hududlarini tarixda birinchi va soʻnggi marta yagona Fotimiy noibi boshqarishiga olib keldi. Anushtakinning Damashqdagi hukmronligi al-Jarjaraiy uyushtirgan armiya isyoni tufayli barham topdi. Isyon natijasida Anushtakin Halab qalʼasiga chekinishga majbur boʻldi. Anushtakin ayni shu qalʼada xalifa al-Mustansirga xoinlik ayblovlari tufayli vafot etdi. Oʻn besh yil oʻtgach, xalifa Anushtakinni sharaflab, qabrini Quddusga koʻchirdi. Manbalar Anushtakinning eng batafsil tarjimai holini damashqlik tarixchi Ibn al-Qalanisiy (1160-yilda vafot etgan) yozib qoldirgan. Tarixchi Yakov Levning taʼkidlashicha, Ibn al-Qalanisiyning Anushtakin haqida keltirgan „batafsil maʼlumotlari“ oʻsha davr uchun harbiy qullar biografiyasi boʻyicha „noodatiy“ holat ediLev 2003, p. 55.. Ibn al-Adim (1193—1262) Anushtakinning Halab hokimligi davri maʼlumotlarining asosiy manbasi boʻlsa, al-Maqriziy (1364—1442) Anushtakinning Qohiradagi faoliyati toʻgʻrisida qator hikoyalar yozib qoldirgan. Levning taʼkidlashicha, yuqorida tilga olingan uch nafar oʻrta asr tarixchilarining barchasi Anushtakinning „oʻzi hokim boʻlgan shaharlarda adolatli boshqaruv yuritgani va aholiga nisbatan odilona munosabatda boʻlgani“ni alohida taʼkidlagan.

Biografiyasi Kelib chiqishi va harbiy qullik davri Anushtakin Movarounnahrning togʻli Xuttalon viloyatida tugʻilgan etnik turkiy boʻlib, shu yerdan asir olingan hamda Qashqarda qul qilib sotib yuborilganKennedy 2004, p. 289.Lev 1991, p. 85.. Qullikdan qochib, Buxoroga kelgach, yana asir tushib, qullikka mahkum etilgan. Keyin Abbosiylar poytaxti Bagʻdodga olib ketilgan. Keyinchalik 1009/10-yilda Fotimiylar hukmronligidagi Damashqqa koʻchirilgan. U yerda avval Hamdoniylar xizmatida boʻlgan. Soʻngra kelib chiqishi daylamiylardan boʻlgan Fotimiy amaldor Dizbiriy ibn Avnim (Dizbar deb ham atalgan) sotib olib, oʻz xizmatiga qabul qilgan. Anushtakin „ad-Dizbariy“ nisbasini oʻz xoʻjayinidan olgan. Turkiy ismi „Anajtekin“ boʻlib, „voyaga yetgan shahzoda“ maʼnosini anglatadi hamda arab tilida „Anashtajin“ shaklida yoziladiSalibi 1977, p. 100.. Anushtakin oʻz rahbari Dizbariyning mulklarini keyingi uch yil davomida muvafaqqiyatli muhofaza qila oldiZakkar 1971, p. 129..

1012-yilda Dizbariy Anushtakinning Qohirada xalifa al-Hakim () xizmatiga kirish istagiga rozilik berdi. Qohirada Anushtakin hujrada (harbiy taʼlim kazarmasi) gʻulom (qul askar) boʻlib xizmat qila boshladiLev 2003, p. 45.. Mashgʻulotlar davomida jangovar isteʼdodini namoyon etdi. Anushtakinning hujrada boʻlgan davri nomaʼlum. Biroq, oʻzidan yosh va tajribasiz hamkasblarini mensimay, masxaraomuz laqablar bilan haqoratlagani maʼlum. 1014/15-yilda taʼlim jarayonlarini nisbatan tez yakunlagach, qullikdan ozod etilganLev 2003, pp. 58–59..

Faoliyatining dastlabki davri Anushtakin Fotimiylar saroyida munosib lavozimni egallab, al-Hakimning eʼtiboriga tushgach, qoʻshin zobiti etib tayinlandi. Al-Hakim saroyida bir yil xizmat qilgach, Anushtakin Damashqda Fotimiylar lashkasrboshisining hamrohlari safiga qoʻshildi. Zuqaq-Attaf mahallasida Hayyus ismli kishining uyida yashagan hamda shu yerda Hayyusning oʻgʻli, shoir Muhammad ibn Hayyus bilan doʻstlashgan. Keyinchalik, Muhammad ibn Hayyus Anushtakinga bir nechta madhiya sheʼrlar bagʻishlagan. Anushtakin shaharda ekanida sobiq xoʻjayiniga hurmat bajo keltirish maqsadida Dizbariyni izlab topib, uchrashgan.

Mavjud manbalarda Anushtakin qachon arab tilini oʻrganib, islomni qabul qilgani koʻrsatilmagan boʻlsa-da, Lev bu voqeaning Damashqda boʻlgan vaqtida sodir boʻlganini taxmin qilganLev 2003, pp. 44–45.. Anushtakinning islomni qabul qilgan yoki qilmagani aniq emasLev 2003, p. 54.. Biroq, al-Maqriziyning taʼkidlashicha, Anushtakin Fotimiylar davlatida rasmiy boʻlgan shialikning ismoiliylik mazhabiga eʼtiqod qilgan. Biroq, umrining oxirida Damashqda kam amal qilinadigan ismoiliylik mazhabidan chetga chiqib, ehtimol sunniylikka oʻtgan. Lev Anushtakinning davlat dinidan hech qachon chetga chiqmaganini taʼkidlabLev 2003, pp. 54–55., qanday boʻlmasin, Anushtakin majusiy oʻtmishidan butunlay voz kechib, musulmoncha dunyoqarashni qatʼiy qabul qilganini tasdiqlaydiLev 2003, p. 56..

Anushtakinning Damashqdagi qisqa faoliyati Qohiraga chaqirib olinishi bilan yakunlandi. 1017-yilda Baʼlabakning voliysi (hokimi) etib tayinlandiZakkar 1971, p. 131.. Taxminan toʻrt yil davomida ushbu lavozimda xizmat qilib, aholi orasida ijobiy obroʻ qozona oldi. Tarixchi Suhayl Zakkarning taʼkidlashicha, Anushtakin aynan Baʼlabakda oʻz gʻilmoniga ega boʻlgan va ular orqali Suriyada kelajakdagi siyosiy faoliyati uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan katta boylik va mintaqaviy bilimlarga ega boʻlgan. Ayni shu vaqtda Fotimiylarning Halabdagi arman hokimi Fatik Aziz ud-Davla homiyligiga ham sazovor boʻldi.

Falastin hokimi Baʼlabakdagi xizmatidan soʻng, Anushtakin qisqa muddat Falastinning shimolidagi port-shahar Kesariyaga (Qaysariya) voliy etib tayinlangan. Manbalarda ushbu shaharni yaxshi boshqargani qayd etilganGil 1997, p. 388.. 1023-yilda yana Jund Filastin mutavallisi (harbiy hokim) lavozimiga koʻtarilganLev 2003, pp. 45–46.. Oʻsha yili Quddusdagi fransiskan rohiblariga hech kim zarar yetkazmasligi haqida farmon chiqargan.

Anushtakin tayinlangan vaqtda ichki Falastin hududida badaviy Tayy qabilasining hukmron urugʻi boʻlmish Jarrohiylar ustun mavqeda edi. Ular tez-tez mintaqadagi aholi manzilgohlarini talon-taroj qilib turardi. 1024-yil avgust oyida Anushtakin jarrohiylar bilan toʻqnashganLev 2003, p. 48.. Levning soʻzlariga koʻra, bu jangda Anushtakin dushman kuchini hisoblashda jiddiy adashgan ediLev 2003, p. 49.. Anushtakin Jarrohiy va Tayy qabilalari sardori Hasan ibn Mufarrijning iqtosi boʻlgan Bayt Jibrindan soliq undirish uchun qoʻshin joʻnatdi. Biroq, Jarrohiylar soliq yigʻuvchilarni oʻldirib yubordilar. Anushtakin bunga javoban Hasanning ikki yetakchi yordamchisini Ashkelonda qamoqqa olib, xalifa az-Zohirdan Hasan kasallik tufayli ojiz boʻlib turgan vaqtda unga hujum qilish uchun ruxsat oldi. Anushtakin Nablus atrofidagi togʻlardagi harbiy harakatlarga boshchilik qilib, Hasanni qoʻlga olishga kirishdi. Biroq, bu vaqtda Hasan oʻziga kelib, 3000 otliq askar bilan Anushtakinga qarshi chiqdi hamda Falastin poytaxti Ramlaga chekinishga majbur qildi.

Jarrohiylar Anushtakinga Ramlani qamal qilish hamda Tiberiya aholisini talon-taroj qilish hamda aholini ommaviy qirgʻin qilish bilan javob qaytardilar. Hasanning ukasi Sobir Anushtakin tomonga oʻtishi bilan, Anushtakinning mavqei oshib, mustahkamlandi. Biroq, bu hol uzoqqa choʻzilmadi. Sobit Anushtakinga xiyonat qilgach, Tayy, Kalb va Kilab qabilalari unga qarshi birlashdiGil 1997, p. 389.. Bu orada Fotimiylar Anushtakinning 2000 nafar otliq va piyoda askar joʻnatish toʻgʻrisidagi iltimosini bajara olmadilar. Shu bois tun qorongʻusida oʻnta gʻilmoni bilan Ramladan Kesariyaga qochib ketdiLev 2003, pp. 48–49.. Hasan keyinroq oʻz yordamchilarini ozod qildi, Ramlani bosib olib, shaharga oʻz hokimini tayinladi. Jiddiy magʻlubiyatga qaramay, Anushtakin 26-noyabr kuniGil 1997, p. 390. Fotimiylar tomonidan amir ul-umaro unvoniga sazovor boʻlgan birinchi shaxs boʻldi. Umidsizlik bilan boʻlsa-da, Jarrohiylardan biroz yer qaytarib olishga intilgan Anushtakin Ramlani qayta egallashga urinib koʻrdi. Shaharni qisqa muddat qoʻlida tutib turdi, ammo soʻng Ashkelonga chekinishga majbur boʻldiLev 2003, pp. 49–50.. Shundan soʻng, Quddus hokimi Muborak ud-Davla Fath hamda Tiberiya hokimining qoʻlloviga erishib, Tayy qabilasi qarorgohiga hujum qildi hamda uning aholisini qirib tashladiLev 2003, p. 50.. Anushtakin hujumlarining oqibatlari haqida hech narsa maʼlum emas. Biroq, 1026-yilda Hasan vazir al-Hasan ar-Ruzabariyni Anushtakinni Qohiraga chaqirib olishga koʻndirgan. Suriya hokimi Anushtakin Ashkalonda qamoqqa olinib, Qohirada qamoqqa tashlandi. Anushtakinning ishdan olinishi bilan Suriya deyarli toʻliq badaviylar ittifoqi nazoratiga oʻtdiLev 2003, p. 51.. Anushtakin oxir-oqibat az-Zohirning bosh haram ogʻasi Said as-Suadaning aralashuvi bilan ozod qilindi. Voqealardan chetda boʻlsa-da, Anushtakin Falastin va Suriyadagi voqealar rivojidan xabardor boʻlib turdi. 1027-yil dekabr/1028-yil yanvar oyida ar-Ruzbariy oʻrniga Ali al-Jarjaraiy vazir etib tayinlandi. 1028-yil noyabrda esa yangi vazir Anushtakinni Falastindagi Tayy qabilasiga qarshi harbiy yurishga boshchilik qilish uchun safarbar qildiLev 2003, p. 52.. Oʻsha paytda Kalb qabilasi az-Zohir tomoniga oʻtib ketgan boʻlib, bu badaviylar ittifoqini zaiflashtirgan edi. Natijada, Fotimiylar Suriyada oʻz hokimiyatlarini qayta oʻrnatish imkoniyatiga ega boʻlgan edilar.