Argeș jangi – 1394-yil 10-oktyabr yoki 1395-yil 17-may kuni Mircea I boshchiligidagi Valaxiya lashkari va Boyazid I boshchiligidagi Usmoniy lashkari oʼrtasida boʻlib oʻtgan jang.
Tarixi 1392-yildagi ilk toʻqnashuvdan soʻng Mircea Usmoniylar hukmronligini va ularga xiroj toʻlashni qabul qildi. Mirceaning elchilari 1392/1393-yillarda Usmoniylar poytaxti Edirnega bordi. Ular Boyazid I ning huzuriga borib, Mircea nomidan Valaxiya Usmoniylar imperiyasiga boʻysunishini eʼlon qildilar. Biroq keyinchalik Valaxiya Usmoniylarga itoat qilish haqidagi vaʼdasidan qaytdi. U na Usmoniylar hukmronligini tan oldi va na soliq toʻladi. Natijada, Boyazid I 1394-yilda Valaxiyaga yurish boshladi. Valaxiyaga hujum qilishdan avval Boyazid Janubiy Transilvaniyaga hujum qilib, u yerni talon-toroj qildi.
Jang 1394-yil kuzida Dunayning oʻng sohilida yurishlar olib borgach, Boyazid Valaxiyaga qarshi hujum boshladi. Sulton Usmoniylarning Rumeliya lashkariga, shuningdek, koʻpchilik qismini bolgarlar hamda serblar tashkil etgan, marhum serb shahzodasi Lazar oʻgʻli Stefan Lazarević boshchiligidagi bolqonlik vassallar qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilar edi. Qoʻshinlar Dunayni Nicopolisda kechib oʻtib, Valaxiyaning poytaxti Curtea de Argeșni qoʻlga kiritish maqsadida Argeș daryosi boʻylab oldinga siljidi. Doimiy Valaxiya hujumlari natijasida katta zarba koʻrgan bir haftalik yurishdan soʻng, Valaxiya qoʻshini 10-oktabr kuni Usmoniylar bilan toʻqnashdiM. Dogaru.
Natijasi Baʼzi tarixchilar jangni Valaxiya gʻalabasi sifatida qayd etishsa, boshqalari jangni Usmoniylar gʻalabasi bilan yakunlangan deb hisoblaydilar va Valaxiya Usmoniylar hukmronligi ostiga kiritilganini qayd etadilar.
Manbalar
Adabiyotlar
Mircha Dogaru: Un principe intre crestini, „Lumea Magazin“, 2003-yil, 1-son.
Turkum:1394-yil Yevropada Turkum:1394-yildagi mojarolar Turkum:Usmonli imperiyasi ishtirokidagi janglar Turkum:Serbiya ishtirok etgan janglar Turkum:Valaxiya ishtirok etgan janglar Turkum:Serbiyada XIV asr Turkum:Usmonli imperiyasida 1390-yillar Turkum:Boyazid I