2026-yilgi Ispaniya Superkubogi finali — Ispaniya futboli superkubogining 42-bor o‘tkazilgan, 2026-yilgi mavsumi g‘olibini aniqlab bergan futbol uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuv 2026-yil 11-yanvar kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi King Abdullah Sports City stadionida bo‘lib o‘tdi.

Final bahsi an’anaviy „El Clásico“ doirasida o‘tkazildi va unda La Liga hamda Copa del Rey musobaqalarining 2024/25-yilgi mavsumi g‘oliblari, shuningdek, amaldagi Superkubok sohibi bo‘lgan Barcelona bilan har uchchala musobaqaning ikkinchi oʻrni sohibi Real Madrid o‘zaro to‘qnash keldi. Mazkur klublar Ispaniya Superkubogi finallari tarixida o‘n birinchi bor toʻqnash kelishdi (2020-yilgacha musobaqa ikki o‘yinlik formatda o‘tkazilgan). Shuningdek, ular bundan avvalgi uchta finalda ham bir-biriga qarshi maydonga tushgan edi.

Barcelona ushbu bahsda 3:2 hisobida gʻalaba qozonib, Superkubokning 16 karra gʻolibiga aylandi.

Tarixi Ushbu uchrashuv barcha musobaqalar doirasidagi 263-El Clásico bo‘lib, ketma-ket to‘rtinchi Superkubok finalidagi El Clásico hisoblanadi. Avvalgi finallarda Barcelona 2023 va 2025-yillarda g‘alaba qozongan bo‘lsa, Real Madrid 2024-yilgi finalda zafar quchgan edi. Bu, shuningdek, bu ikki jamoalarning Ispaniya Superkubogi doirasidagi ketma-ket beshinchi uchrashuvi bo‘ldi; ular bundan tashqari 2022-yilgi Ispaniya Superkubogi yarim finalida ham o‘zaro to‘qnash kelgan.

Barcelona oʻz rekordni yangilab, o‘n oltinchi chempionlikni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan bo‘lsa, Real Madrid o‘n to‘rtinchi sovrinini qo‘lga kiritishga intildi. Jamoalar o‘rtasidagi eng so‘nggi uchrashuvda Real Madrid ustun kelgan bo‘lib, 2025-yil 26-oktabr kuni La Liga doirasidagi bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Jamoalar JamoaTurnirdagi ishtiroki uchun asosAvvalgi finallardagi ishtiroki (qalin uslubdagilarda gʻalaba qozongan)Barcelona2024/25-yilgi La Liga va Ispaniya kubogi gʻoliblari27 (1983, 1985, 1988, 1990, 1991, 1992, 1993, 1994, 1996, 1997, 1998, 1999, 2005, 2006, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2015, 2016, 2017, 2018, 2021, 2023, 2024, 2025)2024/25-yilgi La Liga va Ispaniya kubogi ikkinchi oʻrni sohiblari20 (1982, 1988, 1989, 1990, 1993, 1995, 1997, 2001, 2003, 2007, 2008, 2011, 2012, 2014, 2017, 2020, 2022, 2023, 2024, 2025)

Finalgacha yoʻl BarcelonaBosqichReal MadridRaqibNatija2026-yilgi Ispaniya SuperkubogiRaqibNatijaAthletic Bilbao5:0YarimfinalAtlético Madrid2:1

Oʻyin Maʼlumotlar

GK 13 Joan GarcíaRB 23 Jules KoundéCB 5 Pau CubarsíCB 24 Eric García LB 3 Alejandro BaldeCM 21 Frenkie de Jong (c) CM 8 Pedri RW 10 Lamine Yamal AM 16 Fermín López LW 11 Raphinha CF 9 Robert Lewandowski Zaxira:GK 1 Marc-André ter StegenGK 25 Wojciech SzczęsnyDF 4 Ronald Araújo DF 18 Gerard Martín MF 17 Marc CasadóMF 20 Dani Olmo MF 22 Marc BernalMF 43 Tomás MarquésFW 7 Ferran Torres FW 14 Marcus Rashford FW 19 Roony BardghjiBosh murabbit: Hansi Flick GK 1 Thibaut CourtoisRB 8 Federico Valverde (c) CB 17 Raúl Asencio CB 24 Dean Huijsen LB 18 Álvaro Carreras CM 6 Eduardo Camavinga CM 14 Aurélien TchouaméniCM 5 Jude BellinghamRF 11 RodrygoCF 16 Gonzalo García LF 7 Vinícius Júnior Zaxira:GK 13 Andriy LuninDF 2 Dani CarvajalDF 4 David Alaba DF 20 Fran GarcíaDF 22 Antonio RüdigerDF 35 David JiménezMF 15 Arda Güler MF 19 Dani Ceballos MF 45 Thiago PitarchFW 10 Kylian Mbappé FW 30 Franco Mastantuono Bosh murabbit: Xabi Alonso

Uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi: Raphinha (Barcelona)

Yordamchi hakamlar: Íñigo Prieto López de Cerain Antonio Ramón Martínez Moreno Toʻrtinchi hakam: Adrián Cordero Vega Zaxira yordamchi hakam: Adrián Díaz Video assistent referi: Daniel Jesus Trujillo Suarez Yordamchi video assistent referi: David Gálvez Rascón Víctor García Verdura

Manbalar

Turkum:Ispaniya Superkubogi Turkum:FC Barcelona oʻyinlari Turkum:Real Madrid CF oʻyinlari Turkum:El Clásico oʻyinlari