Erzincan jangi – 1473-yilda Erzincan yaqinida boʻlib oʻtgan jang. Usmoniylar sultoni Mehmed II va Oq qoʻyunlilar davlati sultoni Uzun Hasan oʼrtasida Otlukbeli jangidan oldidan kechgan dastlabki jang.

Tarixi Turkiyaning Sivas shahrida Usmoniylar qoʼshini jangga saf tortgach, yurishini davom ettirdi. Biroq hudud togʼli boʼlgani sabab qoʻshinning oldinga siljishi tobora mushkul boʻla bordi. Natijada, askarlar kamarlarini daraxtlarga bogʻlab, togʻni birma-bir oshib oʻtishga majbur boʻldilar. 40 kunlik yurishdan soʻng ham Uzun Hasan haqida hech qanday xabar yoʻq edi. Biroq uning qoʼshinlari Niksarda turk choparlariga hujum qildi. Usmoniylar qoʻshini ularni orqaga chekinishga majbur qilib, atrof hududlarni talon-taroj qildi va nihoyat Erzincanga yetib keldi.

Jang Bu yerda Usmoniylar qoʼshini Uzun Hasanga qarashli 5000 kishilik qoʻshin bilan toʻqnash keldi. Sulton Mehmed Uzun Hasanning erzincanlik Mehmed Bey va Jamshid Bey qoʻshinlariga qarshi kuch yuborganini koʻrdi. Shundan soʻng sulton ularga qarshi Turahanoğlu Umar Beyni yubordi. Turahanoğlu Umar Bey 5000 kishilik otliq qoʻshin bilan son jihatdan teng boʼlgan dushman kuchlariga hujum qildi. Hujum natijasida 50 nafar asir va bir necha dushman bayroqlari qoʻlga olindi. Jiddiy qarshilik koʻrsata olmagan Oq qoʻyunlilar qoʻshinlari Tercan tomonga chekindi. Mahmud va Murod posholar raqibning bu chekinishni turlicha talqin qildilar. Murod posho dushmanni quvishni yoqlagan boʻlsa, tajribali qoʻmondon Mahmud posho dushmanning chekinishi oldindan rejalashtirilgan tuzoq ekanini taʼkidladi. Agar Usmoniylar qoʼshini Furot daryosidan kechib oʻtsa, qoʻshin boʻlinib ketishi va dushman kutgan toʻqnashuv ular uchun falokat olib kelishi mumkin edi.

Manbalar

Turkum:Erzincan tarixi Turkum:Usmoniylar imperiyasi ishtirokidagi janglar Turkum:1470-yillar Usmoniylar imperiyasida Turkum:Mehmed II ning janglari Turkum:1473-yildagi qurolli toʻqnashuvlar Turkum:1473-yil Osiyoda Turkum:Oq qoʻyunlilar ishtirok etgan janglar