Emsalinur Kadın ( – „namunali nur“; 1866-yil 2-yanvar – 1952-yil; 1934-yildagi „Familiya toʻgʻrisidagi qonun“dan soʻng: Emsalinur Kaya) – Usmoniylar davlati sultoni Abdulhamid II ning yettinchi xotini.
Yoshligi Emsalinur Kadın 1866-yilda Tbilisida tugʻilgan. Otasining ismi Ömer Bey yoki Mehmed Bey boʻlgan. Emsalinurning Tesrid xonim ismli singlisi boʻlib, u 1894-yilda Shahzoda Ibrohim Tavfiqqa turmushga chiqqan. Shahzoda sulton Abdulmajid I ning nabirasi va Shahzoda Burhoniddinning oʻgʻli edi. Emsalinur oʻzining goʻzalligi va latofati bilan mashhur edi.
Nikohi Emsalinur 1885-yilda Yildiz saroyida Abdulhamidga turmushga chiqqan va unga „Beshinchi Kadın“ unvoni berilgan. 1886-yil 30-noyabrda yaʼni nikohdan 1 yil oʻtib, u yagona farzandi, qizi Shodiya Sultonni dunyoga keltirgan. 1895-yilda Emsalinur „Toʻrtinchi Kadın“ unvoniga, 1901-yilda esa „Uchinchi Kadın“ unvoniga koʻtarilgan. 1907-yilda u Kırkpınar qishlogʻida masjid qurdirgan. Emsalinurga Nişantaşıda bir saroy hadya qilingan, eri taxtdan agʻdarilganidan soʻng shu yerda yashagan.
1909-yil 27-aprelda Abdulhamid taxtdan agʻdarilib, Salonikiga surgunga yuborilgan. Emsalinur u bilan birga ketmasdan Istanbulda qolgan. 1912-yilda Saloniki Yunoniston qoʻliga oʻtgach, Abdulhamid Istanbulga qaytib kelgan va Beylerbeyi saroyiga joylashtirilgan. Keyinchalik shu yerda 1918-yilda vafot etgan.
Bevaligi va vafoti 1924-yilda Usmoniylar hokimiyatiga yakun yasalgach, sulola aʼzolari surgun qilingan. Emsalinur qizi bilan birga Parijga ketgan, ammo u yerda bir necha yil yashagach, Istanbulga qaytib kelgan va Nişantaşıdagi oʻz saroyiga joylashgan.
1934-yildagi Familiya toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq, Emsalinur „Kaya“ familiyasini olgan. Moliya vazirligi tomonidan uning saroyi sotib yuborilgach, Emsalinur Erenköy dagi „Gʻolib posho saroyi“ nomi bilan mashhur boʻlgan nevarasining saroyiga joylashgan. Biroq bu saroy ham 1948-yilda dunyodagi birinchi ayol jangchi uchuvchi Sabiha Gökçenga sotilgach, Emsalinur uysiz kolgan.
Hukumat unga oyiga 100 lira ajratgan. Bu miqdordagi pul bilan uy ijaraga olish qiyinlashgan. Emsalinur Kadın 1952-yilda taxminan 86 yoshida uysiz holda vafot etgan, va Yahyo Afandi qabristoniga, Istanbulga dafn etilgan. Qizi undan 25 yil koʻproq yashagan va 1977-yilda vafot etgan.
Farzandlari Ismi Tugʻilgan sanasi Vafot sanasi Izohlar Shodiya Sulton 1886-yil 30-noyabr. 1977-yil 20-noyabr. ikki marta turmushga chiqqan, bir qizi boʻlgan
Yana qarang Usmoniy sultonlarining xotinlari roʻyxati Kadın Usmoniylar sulolasi harami
Adabiyotlar
Manbalar
Turkum:1866-yilda tugʻilganlar Turkum:1950-yilda vafot etganlar Turkum:Abdulhamid II Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari