Ninglang Luguhu aeroporti – Xitoyning Yunnan provinsiyasining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan Ninglang I avtonom tumaniga xizmat koʻrsatuvchi aeroport. Aeroport Shifoshan qishlogʻida joylashgan boʻlib, Lugu koʻlidan 25 km, Ninglang tumani markazidan esa 50 km masofada, dengiz sathidan 3 293 metr balandlikda joylashgan. Aeroport qurilishi 2013-yil aprel oyida boshlangan boʻlib, Yunnandagi 13-aeroport sifatida 2015-yil 12-oktyabrda foydalanishga topshirilgan. Aeroport qurilishiga 1,298 milliard yuan mablagʻ sarflangan.
2019-yilda aeroport orqali 2 168 ta reys amalga oshirilgan boʻlib, 200 ming nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatilgan.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
Manbalar
Turkum:Xitoy aeroportlari