Ash-Shugʻur qamali 1188-yil avgust oyida Salohuddin boshchiligidagi Ayyubiylar sultonligi hamda hozirgi Jisr al-Shugʻur hududini nazorat qilgan Antioxiya knyazligi oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Qamal natijasida Salohuddin ushbu hududda joylashgan ikki qal’a – Shugʻr va Bakasni egallagan.
Qamal Salohuddin qoʻshinining asosiy qismini olib, 30-iyul kuni Sahyun qal’asidan yoʻlga chiqdi va Osi daryosi boʻyida, Jisr ash-Shugʻur yaqinidagi istehkom atrofida lager qurdi. Ash-Shugʻur koʻprigi gʻarbidagi tepaliklarda joylashgan ushbu majmua keng xandaq bilan ajratilgan ikki qal’adan iborat boʻlib, xandaq togʻ tizmasini kesib oʻtgan edi. Tarixchi Bahouddin ibn Shaddodning yozishicha, Salohuddin alohida otryad bilan Bakas qal’asiga hujum qilib, uni 5-avgust kuni egallagan. Bu jarayonda garnizon qirib tashlangan, tirik qolganlar esa asir olingan. Biroq Ibn al-Asirning taʼkidlashicha, Ayyubiylar yetib kelgan paytda qal’a allaqachon tashlab ketilgan edi.
Tarixchi Bahouddinning taʼkidlashicha, ash-Shugʻur har tomondan bombardimon qilingan. Biroq toshlar devorlargacha yetib borgan-bormagani haqida aniq maʼlumot bermagan. Shunga qaramay, bu holat natijasida himoyachilarning taslim boʻlishdan boshqa chorasi qolmagan. Tarixchi Ibn al-Asir esa ayrim toshlar qal’aga tekkanini, ammo sezilarli taʼsir koʻrsatmaganini yozgan. Biroq salibchilarning ahvoli shu qadar yomon ediki, garnizon taslim boʻlishni soʻragani Ayyubiylar qoʻshinini hayratda qoldirgan, chunki Ayyubiylar qamal davomida deyarli hech qanday yutuqqa erishmagan va qal’ani egallay olmasligi ham mumkin edi. Qal’alar egallab olingach, Salohuddin ularni Qilij ismli amirga topshirib, istehkomni qayta tiklab, hududdan chiqib ketishni buyurgan.
Oqibati Ikki qal’a egallab olingach, Salohuddin oʻgʻli Az-Zohir Gʻoziyni Sarmin istehkomini egallash uchun yuborgan. U qal’ani muvaffaqiyatli egallab, vayron qilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1188-yilgi ziddiyatlar Turkum:Antioxiya knyazligi ishtirok etgan janglar Turkum:Salib yurishlari qamallari Turkum:Salohuddinning janglari Turkum:1180-yillar Ayyubiylar sultonligida Turkum:Ayyubiylar sultonligi ishtirok etgan qamallar