Mahitab Kadın ( – „oy nuri“; 1830-yilda tugʻilgan – 1888-yilda vafot etgan), shuningdek, Mehtab Kadın deb ham atalgan, Usmoniylar davlati sultoni Abdulmajid I ning xotini.
Hayoti Mahitab 1845-yilda Abdulmejidga turmushga chiqqan va unga „Ikkinchi iqbol“ unvoni berilgan. 3 yil oʻtgach, 1848-yil 15 aprel kuni Eski Çırağan saroyida birinchi farzandi Sabiha Sultonni dunyoga keltirgan. Biroq malika oradan 1 yil oʻtib, 1849-yil 27-aprel kuni vafot etgan.
1850-yilda Mahitab Kadın „Katta iqbol“ unvoniga koʻtarilgan. 2 yil oʻtgach, 1852-yil 31-mart kuni Eski Çırağan saroyida ikkinchi farzandi, oʻgʻli shahzoda Nuriddin tugʻilgan.
1853-yil boshida Mahitab Abdulmajidning sevimli xotinlaridan biri boʻlgani sababli faxriy daraja „Beshinchi Kadın“ unvoniga koʻtarilgan. 1858–1859-yillarda Göynükda masjid qurilishiga homiylik qilgan.
Abdulmajid 1861-yil 25-iyunda vafot etganidan soʻng Mahitab 11 yashar oʻgʻli shahzoda Nuriddin bilan birga Feriye saroyiga joylashgan. Oʻgʻli Nuriddin 1884-yilda 32 yoshida vafot etgan. Mahitabning oʻzi esa 1888-yilda Feriye saroyida vafot etgan va Istanbuldagi Yangi masjidning sulton xonimlar maqbarasiga dafn etilgan.
Farzandlari Ismi Tugʻilgan Vafoti Izohlar Sabiha Sulton 1848-yil 15-aprel 1849-yil 27-aprel Çırağan saroyida tugʻilgan. Vafotidan keyin Yangi masjidga dafn etilgan. Shahzoda Ahmad Nuriddin 1852-yil 31-mart 1884-yil 3-yanvar 1 marta uylangan, biroq undan avlod qolmagan.
Yana qarang Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Kadın (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1888-yilda vafot etganlar Turkum:Abdulmajid I ning xotinlari