Vladimir Rodić (1993-yil 7-sentyabrda tugʻilgan) – professional futbolchi, Buxoro jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Serbiyada tugʻilgan, Chernogoriya terma jamoasini himoya qilgan.
Klubdagi faoliyati
Malmyo FF 2015-yilning 8-iyulida Rodić Shvetsiyaning birinchi divizioni Allsvenskan ligasining Malmö FF klubiga oʻtgan va uch yarim yillik shartnoma imzolagan. Xabarlarga koʻra, u Atlético Madrid jamoasiga oʻtishni rad etgan. Vladimir yangi klubidagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshlagan va 2015–16-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi ikkinchi saralash bosqichida Red Bull Salzburg klubiga qarshi oʻyinda gol urgan.
Hammarby IF 2018-yilning 7-avgustida Hammarby IF jamoasiga oʻtgan. Rodić Hammarby bilan uch yarim yillik shartnoma imzolagan. Rodić, vatandoshi va Malmo hamda Randersdagi sobiq jamoadoshi Nikola Đurđić bilan hamkorlikda ajayib oʻyinlar koʻrsatgan, asosiy tarkibning ajralmas qismiga aylanggan. Vladimir 2018-yilgi Allsvenskan turnirida ishtirok etib, uchta gol urgan.
2019-yilgi mavsumning birinchi yarmida asosan zaxira oʻyinchisi sifatida foydalanilgandan soʻng, Rodić sentyabr oyida atigi uchta oʻyinda oltita gol urib, oʻz formasini tiklagan, xususan, raqiblari AIK jamoasiga qarshi dubl va Örebro SK klubiga qarshi oʻyinda (5:1) xet-trik qayd etgan.
2020-yilda Rodić Hammarby safida asosan zaxira oʻyinchisi sifatida harakat qilgan va 17 ta oʻyinda maydonga tushgan. Oʻsha yilning 5-oktyabrida u yilning qolgan qismida Norvegiyaning Eliteserien klubi Odds BKga ijaraga berilgan.
2021-yil 30-may kuni Rodić Hammarby bilan finalda BK Häcken ustidan penaltilar seriyasida gʻalaba qozonib, asosiy ichki kubok boʻlgan 2020-21-yilgi Svenska Kupenida gʻolib chiqgan. Rodić UEFA Yevropa Konferentsiyalar Ligasida toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan. Yil oxirida Rodić shartnomasi tugaganidan keyin klubni tark etishi eʼlon qilingagn.
Xalqaro faoliyati 2015-yilning 2-oktyabrida murabbiy Branko Brnović tomonidan Chernogoriya milliy futbol jamoasiga birinchi chaqiruv olganBrnović se i dalje nada Jovetiću, poziv za Rodića at vijesti.me, retrieved 6-10-2015. Rodić 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida Podgoritsada Avstriyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Rodić jami beshta oʻyinda ishtirok etib, gol urmagan. Uning soʻnggi xalqaro oʻyini 2016-yilning mart oyida Belarusga qarshi oʻrtoqlik oʻyini boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
As of 28 November 2021.
KlubMavsumLigaKubokXalqaroJamiDivisionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarPalić (ijara)2011–12111——111Jami1110000111BASK (ijara)2012–13143——143Jami1430000143Srem Jakovo (ijara)2012–13133——133Jami1330000133Rad2013–14Serbiya Superligasi16110—1712014–15Serbiya Superligasi30430—334Jami4654000505Malmö FF2015Allsvenskan134001012352016Allsvenskan8162—143Jami21562101378Kardemir Karabükspor2016–17Turkiya Superligasi60100070Jami60100070Rad (ijara)2016–17Serbiya Superligasi16100—161Jami1610000161Randers FC2017–18Daniya Superligasi12110—131Jami1211000131Silkeborg IF2017–18Daniya Superligasi12691—2172018–19Daniya Superligasi2000—20Jami1469100237Hammarby IF2018Allsvenskan14311—1542019Allsvenskan21630—2462020Allsvenskan17010101902021Allsvenskan2017340314Jami7310124509014Odd (ijara)2020Eliteserien10000—100Jami1000000100Umumiy faoliyat statistikasi2363533715128443
Mukofotlar Malmyo FF
Allsvenskan: 2016-yil Hammarby IF
Svenska Kupen: 2020-21
Manbalar
Havolalar
Vladimir Rodić Utakmica.rs saytida Vladimir Rodic at Malmö FF
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Belgradlik erkak futbolchilar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Chernogoriyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FK Rad futbolchilari Turkum:FK Palić futbolchilari Turkum:FK BASK futbolchilari Turkum:FK Srem Jakovo futbolchilari Turkum:Malmö FF futbolchilari Turkum:Kardemir Karabükspor futbolchilari Turkum:Randers FC futbolchilari Turkum:Silkeborg IF futbolchilari Turkum:Hammarby Fotboll futbolchilari Turkum:Odds BK futbolchilari Turkum:Östers IF futbolchilari Turkum:Buxoro futbol klubi futbolchilari Turkum:Daniya Superligasi futbolchilari Turkum:Serbian SuperLiga futbolchilari Turkum:Allsvenskan futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Daniya birinchi divizioni futbolchilari Turkum:Eliteserien futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Chernogoriyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Shvetsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Daniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Norvegiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Chernogoriya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari