Verdicenan Kadın ( – „Yurakning qarori“ yoki „Yurak hukmi“; asl ismi – Soliha Achba; 1825-yilda tugʻilgan – 1889-yil 9-dekabrda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulmajid I ning xotini.

Yoshligi Verdicenan Kadın 1825-yilda Suxumida tugʻilgan. Asl ismi – Soliha Achba. Kelib chiqishi abxaz shahzodalar oilasi Achba nasliga mansub. Otasi shahzoda Kaytuk Giorgi Bey Achba (1793–1848), onasi malika Yelizaveta xonim (1795–1843) boʻlgan. Solihaning shahzoda Ahmet Bey Achba va shahzoda Islom Musa Bey Achba ismli ikki akasi, malika Peremrüz xonim Achba va malika Embruvaz xonim Achba ismli ikki opasi bor edi hamda shahzoda Mehmed Bey Achba ismli ukasi boʻlgan.

Soliha yoshligida Istanbulga olib kelingan, bu yerda otasi uni va opa-singillarini sulton Abdulmajid I ning onasi Bezmiâlem Sultonning homiyasiga topshirgan. Shundan soʻng bu yerda Solihaga Usmoniylar saroyi odatiga koʻra Verdicenan deb ism qoʻyishgan.

Turmush qurishi Verdicenan 1844-yilda Abdulmajidga turmushga chiqqan va unga „Oltinchi Kadın“ unvoni berilgan. 1844-yil 9-dekabrda u Topkapı saroyida birinchi farzandi – qizi Munira Sultonni dunyoga keltirgan. 1845-yilda Verdicenan „Beshinchi Kadın“ maqomiga koʻtarilgan. 1848-yil 16-iyulda esa Eski Çırağan saroyida Shahzoda Ahmad Kamoliddinni dunyoga keltirgan. 1851-yilga kelib, Verdicenan „Toʻrtinchi Kadın“, 1852-yilda esa „Uchinchi Kadın“ unvonlariga koʻtarilgan. U dabdabali hayot tarzi va didi bilan tanilgan edi. Verdicenan faqat Yevropadan keltirilgan kiyimlar va hashamatli zargarlik buyumlaridan foydalangan. Hech qachon kamida 10 nafar yordamchi ayollarisiz tashqariga chiqmagan. Ular orasida Oysha Zatimelek xonim ham boʻlib, u keyinchalik Abdulmajid I ning oʻgʻillaridan biri Shahzoda Salim Sulaymonning beshinchi xotiniga aylangan.

Bevalik yillari Abdulmajid 1861-yilda vafot etganidan soʻng, Verdicenan Feriye saroyiga koʻchib oʻtgan. 1862-yilda yagona qizi Munira Sultondan ayrilgach, Abdulmajidning qizi Mediha Sulton uning tarbiyasiga topshirilgan. Mediha Sultonning onasi Gülistu Kadın 1861-yilda vafot etgan edi. Ularning munosabatlari ona-bola kabi boʻlgan. Verdicenan Medihadan doimo koʻz-quloq boʻlib turgan, muammoga duch kelganida unga har doim yordam bergan. 1879-yilda u Mediha Sultonning Samiposhozoda Najib beyga turmushga chiqishida muhim rol oʻynab, Medihaning sulton tomonidan tanlangan kuyovga emas, balki oʻzi sevgan kishiga turmushga chiqishida ruxsat berishi uchun vositachilik qilgan.

Vafoti Verdicenan Kadın 1889-yil 9-dekabrda Feriye saroyida 64 yoshida vafot etgan va Istanbulning Yangi masjidida joylashgan sulton xonimlar maqbarasiga dafn qilingan.

Farzandlari Ismi Tugʻilgan sana Vafot etgan sana Izohlar Munira Sulton 1844-yil 9-dekabr 1862-yil 29-iyun 2 marta turmushga chiqqan va 1 oʻgʻli koʻrgan. Shahzoda Ahmad Kamoliddin 1848-yil 16-iyul 1905-yil 25-aprel 1 marta uylangan va 2 qizi boʻlgan. Mediha Sulton 1856-yil 30-iyul 1918-yil 9-noyabr Gülistu Kadınning qizi, onasining vafotidan keyin Verdicenan tomonidan asrab olingan. 2 marta turmushga chiqqan va 1 oʻgʻli boʻlgan.

Yana qarang Usmoniylar sultonlari xotinlarining roʻyxati Kadın (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1820-yillarda tug‘ilganlar Turkum:1889-yilda vafot etganlar Turkum:Suxumliklar Turkum:Abdulmajid I ning xotinlari