Katulondi Kati (; 1999-yil 19-oktyabrda tugʻilgan) – kongolik futbolchi, Namanganning „Navbahor“ klubida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati Kati „Daufin Nuar“ va „Motema Pembe“ klublarining yoshlar jamoalarida oʻynagan. 2021-yil 17-oktyabrda CAF Konfederatsiya kubogi doirasida Ruandaning „Kigali“ jamoasiga qarshi oʻyinda „Motema Pembe“ klubining asosiy tarkibida maydonga tushgan. Aynan shu uchrashuvda Katulondu „Motema Pembe“ tarkibidagi ilk golini kiritgan.
2022-yil yozida Kati Marokashning „Hassaniya“ klubiga oʻtgan. 1-sentyabrda „Renessans Berkan“ jamoasiga qarshi oʻyinda Botola ligasida debyut oʻyinini oʻtkazgan. 17-sentyabrda „Tanger“ jamoasiga qarshi bahsda Katulondi „Hassaniya“ safidagi birinchi golini urgan. Manbalar
Havolalar Katulondi Kati Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kongo Demokratik Respublikasilik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:DC Motema Pembe futbolchilari Turkum:Hassania Agadir futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Kongo Demokratik Respublikasilik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Marokashdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar