Mihrişah Sulton (; 1745-yilda tugʻilgan – 1805-yil 16-oktyabrda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Mustafa III ning xotini, sulton Salim III ning onasi. 1789-yildan 1805-yilda vafotiga qadar 16 yil davomida imperiyaning Volida Sultoni boʻlgan.

Yoshligi Kelib chiqishi gruzin millatiga mansub boʻlgan Mihrişah Sulton 1745-yilda Gruziyada tugʻilgan. Biroq uning qisman genuyalik ekanligi haqida mish‑mishlar ham tarqalgan. Mihrişah Sulton juda goʻzal ayol boʻlgan va shu sababdan „gruzin goʻzali“ () deb atalgan.

Sulton xonim Mihrişah Sulton taxminan 1757-yilda Qora dengiz qullar savdosi orqali Mustafo III ning haramiga olib kelingan. Vaqt oʻtib Mustafoning xotinlaridan biriga, keyinchalik esa Bosh xotiniga aylangan. 1759-yil 17-martda u oʻzining ilk farzandi, qizi Hibetulloh Sultonni dunyoga keltirganAccording to Oztüna, her mother was Aynülhayat Kadın instead, but this information was discredited. Undan oldin 30 yillar davomida sulolada farzand dunyoga kelmaganligi sababli Hibetullohning tugʻilishi butun Istanbul boʻylab nishonlangan.

1761-yil 24 dekabrda uning ikkinchi farzandi, oʻgʻli shahzoda Salim (boʻlajak sulton Salim III) tugʻilgan. Uning tugʻilishi 1 hafta davomida nishonlangan. 1770-yil 9-yanvarda Mihrişahning uchinchi farzandi, qizi Fotma Sulton dunyoga kelgan. Biroq u 1772-yil 26-mayda 2 yoshida vafot etgan. Mihrişah Sultonning xizmatkorlari orasida Dilhayot xalfa ismlisi ham boʻlib, u sulton Ahmad III hukmronligi davrida haramning bosh bekasi va Salim III ning tarbiyachisi boʻlgan. Dilhayot xalfa yangi davr boshlarining eng buyuk turk bastakor ayollaridan biri sifatida tanilgan.

Mihrişah Sulton 1774-yilda beva qolgan, shundan soʻng Eski saroyga joylashgan. Topkapı saroyi arxiv hujjatlaridan biri Mustafo III undan pul qarz olganini va uning oʻlimi tufayli qarz qaytarilmaganini koʻrsatadi.

Mihrişah va uning oʻgʻli Salim Mavlaviy tariqati aʼzolari boʻlgan.

Volida Sulton sifatida Salimning taxtga chiqishi va siyosiy taʼsiri

Sulton Abdulhamid I ning 15 yil davom etgan hukmronligi davrida shahzoda Salim Topkapı saroyida cheklangan hayot tarzida yashagan, bu vaqtda Mihrişah Eski saroyga yuborilgan edi. Abdulhamid 1789-yilda vafot etgach, Salim taxtga chiqqan va shundan soʻng Mihrişah Volida Sultonga aylangan.

Mihrişah Sulton vaqti-vaqti bilan oʻgʻliga murojaat qilib, turli imtiyozlar soʻrab turgan. Sulton Salim oʻzining Nizomi Jadid (Yangi tartib) islohotlarini boshlaganida onasi Mihrişah Sulton ham, oʻsha paytdagi saroy mulozimi Yusuf ogʻa ham uning kuchli tarafdorlaridan edi. Oʻgʻlining bu islohotlarini qoʻllab‑quvvatlash maqsadida Mihrişah Sulton Hasköyda, Osiyo qirgʻogʻida joylashgan Humbaracıhane (bombardirlar kazarmasi) uchun masjid, shuningdek, Üsküdarda tibbiyot maktabini tashkil qilgan.

Yusuf ogʻa uning ikkinchi saroy mulozimi boʻlgan. Birinchi mulozim Mahmud ogʻa oʻz lavozimida xizmat qilayotgan davrida vafot etgach, uning oʻrnini Yusuf ogʻa egallagan edi. Yusuf ogʻa qobiliyatli kishi boʻlib, sulton Salimning yaqin kishilaridan biri edi. 1808-yilda sulton Salimga qarshi qoʻzgʻolon paytida Kabakçı Mustafoning hiylalariga ishontirilgan va oxir‑oqibat oʻldirib yuborilgan.

Meʼmorchilik ishlari

Mihrişah Sulton 1790‑yillarda maktab va masjidlar qurilishiga homiylik qilgan.

1792-yilda Humbarahona kazarmalariga asos solgan, ular yirik miqyosdagi harbiy inshootlarning ilk zamonaviy namunasi hisoblangan.

Mihrişah Sulton 1792-yilda asos solgan va 1796-yilda qurilishi yakuniga yetkazillangan Mihrişah Sulton majmuasi Istanbulning Eyüp mahallasida joylashgan. Ushbu majmua maqbara va bugungi kunga qadar faoliyat yuritib kelayotgan imoratni (oshxona) oʻz ichiga oladi.

1793-yilda Mihrişah Sulton Halıcıoğlu masjidiga asos solgan.

Bundan tashqari Volida toʻgʻoni qurilishiga ham masʼul boʻlgan.

Mihrişah Sulton, shuningdek, bir qator favvoralar qurdirgan, jumladan: 1791-yilda oʻz qizi Hibetulloh Sulton xotirasiga bagʻishlab Üsküdarning İhsaniye hududida favvora qurdirgan; 1792-yilda qizi Fotma Sulton xotirasiga bagʻishlab favvora qurdirgan; 1794-yilda Kağıthanedagi Silohdor Yusuf posho favvorasini taʼmirlattirgan; 1796-yilda Eminönü va Balıkpazarı oraligʻida Chashnigir Zaynab (keyinchalik Mihrişah Volida favvorasi deb atalgan) sharafiga favvora qurdirgan; 1796-yilda Eyüpdagi oʻz nomi bilan ataluvchi majmua uchun qurilgan favvoraning ikki tomonida yana ikki favvora qurdirgan; 1797-yilda Fındikli Mollabayirida favvora qurdirgan; 1797-yilda Beshiktoshdagi Qilichali mahallasida favvora qurdirgan; 1805-yilda qizi Fotma Sulton xotirasiga bagʻishlab (keyinchalik Mihrişah Volide Sulton favvorasi deb atalgan) Yeniköyda favvora qurdirgan.

Mihrişah Sulton tomonidan qurdirilgan favvoralar Beyoğlu, Galata and Boğaziçi mahallalarida istiqomat qiluvchi aholining suv bilan bogʻliq ehtiyojlarini qondirgan.

Vafoti

Mihrişah Sulton 1805-yil 16-oktyabrda nomaʼlum sabablarga koʻra vafot etgan. U Istanbulning Eyüpsultan tumanida joylashgan Mihrişah Sulton majmuasida dafn etilgan.

Yana qarang Usmoniylar sulolasi Volidai Sultonlar roʻyxati Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Usmoniylar imperiyasi harami Usmoniylar sultonlarining onalari roʻyxati

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Turkum:1740‑yillarda tugʻilganlar Turkum:1805-yilda vafot etganlar Turkum:18-asr Usmoniylar sultonlarining xotinlari Turkum:Volida Sulton Turkum:Usmoniylar imperiyasidagi gruzinlar Turkum:18-asrda Usmoniylar imperiyasidagi qullar Turkum:Usmoniylar sultonlarining joriyalari Turkum:Mihrişah Sulton majmuasiga dafn etilganlar Turkum:18-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari