2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari marketingi – Italiyaning Milan va Kortina-dʼampetsso shaharlari 2019-yilda oʻyinlarga mezbonlik huquqini qoʻlga kiritganidan buyon davom etib kelayotgan uzoq muddatli kampaniya.

Ramzlar Emblema Rasmiy emblema – „Kelajak“ () 2021-yilning 30-mart kuni onlayn jonli efirdagi eʼlon chogʻida taqdim etilgan boʻlib, jamoatchilik ovozi orqali 2 variantdan biri tanlab olingan. Bunda ilk bor Olimpiya oʻyinlari emblemasi jamoatchilik tomonidan tanlandi. „Kelajak“ emblemasi jami 871 000 ta ovozdan 74 foizini qoʻlga kiritdi. Emblemada 26 raqamining qorga birgina yengil harakat bilan chizilganligi aks ettiriladi va bu tasvir kichik harakatlar ham dunyoni o‘zgartirishga qodir degan g‘oyani ilgari suradi. Emblema Landor Associates tomonidan ishlab chiqilgan.

Shior 2025-yil 23-fevralda „Milan–Kortina 2026“ qoʻmitasi Qishki oʻyinlarning shiorini – „ITʼs Your Vibe“ deya eʼlon qildi. Bu yerda „IT“ mezbon mamlakat Italiyaning qisqartmasi bilan birga oʻyinlar muhitini va hissiyotini nishonlash gʻoyasiga ishora qiladi.

Maskot

„Tina va Milo“ maskotlari 2024-yil 7-sentyabrda Sanremo Musiqa Festivalida namoyish etildi. Ular onlayn ovoz berish yoʻli orqali tanlangan nomzodlar roʻyxatidan saralab olingan edi. Tina va Lilo aka-singil sifatida tasvirlangan ikki antropomorf suvsarlar boʻlib, oʻyinlarning ikki mezbon shahri nomi bilan atalgan. Ular Taverna shahridagi maktab oʻquvchilari tomonidan yaratilgan.

Yana qarang

2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari marketingi 2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari marketingi 2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari marketingi

Manbalar

Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari Turkum:Olimpiada marketingi