Henry Bayman Turkiyada yashovchi mustaqil tadqiqotchi boʻlib, yigirma besh yilini Markaziy Anadoluning Hikmat Ustozlari bilan birga oʻqib-oʻrganishga sarflagan. U zamonaviy masalalar bilan bogʻliq holda tasavvuf va islomni oʻrgangan The Station of No Station asari, The Secret of Islam: Love and Law in the Religion of Ethics, The Black Pearl: Spiritual Illumination In Sufism And East Asian Philosophies hamda The Teachings of a Perfect Master: An Islamic Saint for the Third Millennium kitoblarining muallifidir.

Henry Bayman oʻzining asarlari orqali tasavvuf yoʻlidagi ruhiy ustozlaridan biri sifatida, oʻzi „Tasavvufning buyuk ustodi“ deb ataydigan Ahmet Kayhanni (1898 – 1998-yil 3-avgust) tanishtirdi. Oʻzining qayd etishichaThe Flawless Human Being: A Tribute to the Grand Master of Sufism by Henry Bayman, Henry Bayman Ahmet Kayhan bilan 1978-yilning ilk bahorida uchrashgan va tanishtirilgach, uning suhbat guruhlariga tobora tez-tez qatnasha boshlagan. 1983-yil sentabr oyining boshidan boshlab, odatdagi ish soatlari yoki taʼtillar tashqari hamma vaqtda to vafotiga qadar deyarli uzluksiz Ahmet Kayhan huzurida boʻlgan.

Nashr etilgan asarlar 2012-yil yanvariga qadar Henry Bayman 4 ta kitob va bir qator maqolalar yozgan.

2001 The Station of No Station: Open Secrets of the Sufis. North Atlantic Books. 2003 The Secret of Islam: Love and Law in the Religion of Ethics. North Atlantic Books. 2005 The Black Pearl: Spiritual Illumination In Sufism and East Asian Philosophies. Monkfish Book Publishing. 2012 The Teachings of a Perfect Master: An Islamic Saint for the Third Millennium. Anqa Publishing.

Onlayn kitoblar

The Meaning of the Four Books Science, Knowledge and Sufism

Ikkala onlayn kitobni HenryBayman.com saytida onlayn oʻqish mumkin.

Manbalar

Havolalar Rasmiy veb-sayt Turk tilidagi maqolalar

Turkum:Turk soʻfiylari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Mustaqil olimlar