Winter Games – 1985-yilda Epyx kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan sport videooʻyini. Yevropada U.S. Gold tomonidan nashr etilgan. Juda katta muvaffaqiyat qozongan Summer Games oʻyinining qor va muz mavzusidagi davomi hisoblangan Winter Games dastlab 1985-yilda Commodore 64 uchun chiqarilgan. Keyinchalik u 1980-yillarda ommalashgan bir qator kompyuterlar va videooʻyin konsollariga moslashtirilgan.

Qishki Olimpiada oʻyinlarida oʻtkaziladigan sport turlariga asoslangan ushbu oʻyin „Epyx Winter Games“ nomi ostida(XOQ litsenziyasiga ega boʻlmagan holda) virtual koʻp sportli karnaval sifatida taqdim etilgan. Unda 8 nafargacha oʻyinchi ishtirok etishi mumkin. Har bir oʻyinchi oʻzi vakillik qiladigan mamlakatni tanlaydi. Shundan soʻng oʻyinchilar turli musobaqalarda navbatma-navbat qatnashib, medal qoʻlga kiritishga harakat qiladi.

Musobaqalar Mavjud musobaqalar platformaga qarab biroz farq qilishi mumkin, biroq ular quyidagi turlarning ayrimlarini yoki barchasini oʻz ichiga oladi: Slalom Tramplindan sakrash Biatlon Bobsley Figurali uchish Konkida yugurish sporti Chana sporti Fristayl Free skating

Oʻyin oʻyinchilarga barcha musobaqalarda ketma-ket qatnashish, bir nechta musobaqani tanlash, faqat bitta musobaqani tanlab oʻynash yoki alohida musobaqani mashq qilish imkonini beradi.

Platformalar Winter Games oʻyini Amiga, Apple II, Atari ST, Macintosh, Apple IIGS, Amstrad CPC, ZX Spectrum va IBM PC kompyuter platformalariga, shuningdek Atari 2600, Atari 7800, Nintendo Entertainment System hamda Family Computer Disk System videooʻyin konsollariga moslashtirilgan. 2004-yilda u C64 Direct-to-TV qurilmasidagi oʻyinlardan biri sifatida taqdim etilgan. 2009-yil fevral oyida esa Yevropada Virtual Console talqini chiqarilgan.

Manbalar

Turkum:Qishki Olimpiada videoo'yinlari