Ruhshona Olimjonova (2007-yil 1-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, U20 terma jamoasi hamda ayollar chempionatining OKMK klubi yarim himoyachisi.
Klubdagi faoliyati
Ruhshona Olimjonova futboldagi faoliyatini 2021-yil OKMK jamoasida boshlagan. Jamoa bilan 2024-yil O'zbekiston Oliy ligasida vitse-chempionga aylangan.
2025-yining boshida Ruhshona Olimjonova Qarshining Sevinch klubiga ko'chib o'tdi. U jamoadagi 1 yillik faoliyati davomida 28 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta gol kiritdi. Jamoasi bilan O'zbekiston ayollar Oliy ligasi va mamlakat kubogi musobaqalarida g'olib bo'ldi. Osiyo chempionlar ligasida jamoasi bilan turnirning chorak finaliga yo'l oldi.
Ruhshona Olimjonova 2026-yilning yanvar oyida OKMK jamoasiga qaytdi.
Yutuqlari Oʻzbekiston Ayollar oliy ligasi chempioni: 2025
Oʻzbekiston Ayollar oliy ligasi vitse-chempioni: 2024
Oʻzbekiston Ayollar kubogi sohibi: 2025
Oʻzbekiston Superkubogi: 2025
CAFA U-15 chempionati: 2022
CAFA U-17 chempionati: 2023
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonlik ayol futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar