Mixail Stanislavovich Shaydorov (; 2004-yil 25-iyunda tugʻilgan) – qozogʻistonlik figurali uchuvchi. U 2026-yilgi Olimpiya chempioni, 2025-yilgi Jahon chempionati kumush medali sovrindori, 2025-yilgi Toʻrt qitʼa chempioni, toʻrt karra Gran-pri medali sovrindori, uch karra Challenger seriyasi medali sovrindori, 2025-yilgi Osiyo qishki oʻyinlari bronza medali sovrindori va besh karra Qozogʻiston milliy chempioni (2019–23).

2022-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida kumush medal sovrindori va 2021-yilgi JGP Poland turnirida kumush medal sovrindori boʻlgan.

U Qozogʻistondan oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida medal qoʻlga kiritgan birinchi konki uchuvchisi, shuningdek, kattalar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan birinchi konkida uchuvchisi. Bundan tashqari, Shaydorov ISU musobaqalarida uch aylanishli Aksel-toʻrt aylanishli to sakrash kombinatsiyasini hamda uch aylanishli Aksel-Eyler-toʻrt aylanishli Salxov sakrash ketma-ketligini bajargan tarixdagi birinchi figurali uchuvchidir.

2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Shaidorov tarixga kirdi. U Qozogʻistondan chiqqan birinchi figurali uchuvchi sifatida Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritdi va Qishki Olimpiadada oltin medal sovrindori boʻlgan ikkinchi qozogʻistonlik sportchiga aylandi.

Manbalar

Havolalar

Mikhail Shaidorov Milano Cortina 2026 saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Figurali uchuvchilar Turkum:Qozogʻistonlik erkak yakkalik konkida uchuvchilar Turkum:Qozogʻistonlik Olimpiada chempionlari Turkum:Figurali uchish boʻyicha Olimpiada chempionlari Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida figurali uchuvchilar Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari