2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari, rasmiy nomi bilan XXIV Qishki Olimpiada oʻyinlari, 31-yanvardan 20-fevralgacha Xitoyning Pekin shahrida boʻlib oʻtgan koʻp tarmoqli qishki sport musobaqasi edi. Unda 91 mamlakatdan jami 2 871 nafar sportchi 7 sport turi va 15 yoʻnalish boʻyicha 109 ta medal jamlanmasi uchun bahslashdi.

Umumiy hisobda 29 ta mamlakat kamida bitta medal qoʻlga kiritdi, shulardan 23 tasi kamida bitta oltin medalga sazovor boʻldi. Norvegiya sportchilari eng koʻp medalni – 37 ta, shuningdek, eng koʻp oltin medalni – 16 tani qoʻlga kiritdi. Bu koʻrsatkich Qishki Olimpiada oʻyinlari tarixidagi bitta musobaqada qoʻlga kiritilgan oltin medallar soni boʻyicha rekordga ham aylandi. Mezbon Xitoy 9 ta oltin medal bilan 2010-yilgi qishki oʻyinlardagi oʻzining eng yaxshi natijasini (5ta oltin) yangiladi. Xitoy sportchilari jami 15 ta medalni qoʻlga kiritib, 2006 va 2010-yillardagi (11ta medal) natijalaridan ham oʻzib ketdi.

Biatlonchilar Johannes Thingnes Bø, Quentin Fillon Maillet va Marte Olsbu Røiseland hamda changʻi poygachisi Alexander Bolshunov oʻyinlarda eng koʻp – har biri 5 tadan medal qoʻlga kiritdi. Bø 4 ta oltin medal bilan eng koʻp oltin sohibi boʻlgan sportchiga aylandi. Yangi Zelandiyalik snoubordchi Zoi Sadowski-Synnott oʻz mamlakati uchun tarixdagi ilk Qishki Olimpiya oltin medalini qoʻlga kiritdi. Germaniya erkaklar oʻrtasidagi ikki kishilik bobsley bahsida toʻliq podiumni egalladi: Francesco Friedrich va Thorsten Margis oltin, Johannes Lochner va Florian Bauer kumush, Christoph Hafer va Matthias Sommer esa bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Medallar roʻyxati Key Medal jadvalidagi oʻzgarishlar (see below)

Manbalar

Turkum:Qishki Olimpiada oʻyinlari medallar jadvali