Fatma Mihrengiz Kadın ( – „quyoshning/yorning qizi“; 1869-yil 15-oktyabrda tugʼilgan – 1938-yil 12-dekabrda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Mehmed V ning uchinchi xotini.

Yoshligi Mihrengiz Kadın 1869-yil 15-oktyabrda tugʻilgan. Rasmiy manbalarda uning tugʻilgan joyi Adapazari deb koʻrsatiladi, biroq Harun Açba uni aslida Sochida tugʻilgan deb hisoblaydi. Harun Açba, shuningdek, uning oʻz oilasi bilan 1877–1878-yillardagi rus-turk urushi vaqtida Usmoniylar imperiyasiga qochib kelganini taʼkidlaydi. Uning asl ismi Fotma boʻlgan. U saroyda yaxshi taʼlim olgan, pianino chalishni oʻrgangan. Mihrengizning Ibrohim bey ismli ukasi boʻlgan va u sultonning uchinchi saroy xizmatkori boʻlib xizmat qilgan.

Nikohi Mihrengiz 1887-yil 4-aprelda Mehmed hali shahzoda boʻlgan paytda unga uchinchi xotin boʼlib turmushga chiqqan. Abdulhamid II 1876-yilda taxtga chiqqanidan soʻng Mehmed valiahd shahzoda boʻldi. Shundan keyin ular Dolmabahçe saroyida joylashgan valiahd xonadoniga joylashdilar. 1886-yil 2-martda Mihrengiz yagona farzandi, oʻgʻli Shahzoda Umar Hilmiyni dunyoga keltirdi. 1909-yil 27-aprelda Mehmed taxtga chiqqanidan soʻng unga „Uchinchi Kadın“ unvoni berildi. 1909-yil oxirida Dürriaden Kadınning vafotidan keyin u „Ikkinchi Kadın“ga aylandi.

1915-yilda Mihrengiz bilan tanishgan saroy maktabi oʻqituvchisi Safiye Ünüvar xotiralarida boshqa xotinlardan farqli oʻlaroq, Mihrengiz nozik boʼlganini, boshqalari esa ancha semiz boʻlganini qayd etadi. Buning sababi soʻnggi yillarda uning kasallikka chalingani edi.

1918-yil 30-mayda Avstriya imperatori Karl I hamda imperatrisa Zita Bourbon-Parma Istanbulga tashrif buyurganida Mihrengiz Kadın ular bilan Yıldız saroyi haramida uchrashgan.

Xayriya faoliyati 1912-yilda Istanbul va atrof hududlarda tibbiy yordam koʻrsatish uchun 1877-yilda tashkil etilgan „Usmoniylar Hilol-i Ahmer jamiyati“ tarkibida „Hilol-i Ahmer ayollar markazi“ tashkil etildi. Mihrengiz ushbu tashkilot aʼzosi edi.

1915-yil may oyida Mihrengiz imperiya haramining boshqa baʼzi ayollari bilan birga Haydarposha shifoxonasidagi askarlarning oldiga tashrif buyurdi. Tashrifi chogʻida u askarlarga shunday murojaat qildi:

Soʻnggi yillari va vafoti Mehmedning vafotidan keyin Mihrengiz oʻgʻli bilan birga yashay boshladi. 1924-yil martida Usmoniylar imperiyasi sulolasi aʼzolari surgun qilinishi paytida Mihrengiz ham oʻgʻli Umar Hilmiy, uning ikki farzandi Mukbile Sulton va Shahzoda Mahmud Namık bilan dastlab Livanning Bayrut shahriga, soʻngra Fransiyaning Nice shahriga, undan keyin esa Misrning Iskandariya shahriga joylashdilar. Shahzoda Umar Hilmiy 1938-yil 12-dekabrda Iskandariyada 69 yoshida, oʻgʻlidan 3 yil keyin vafot etdi. U Qohiradagi Xediv Tavfiq posho maqbarasiga dafn qilingan.

Farzandlari Ismi Tugʻilgan yili Vafot etgan yili Izohlar Shahzoda Umar Hilmiy  1886-yil 2-mart 1935-yil 6-aprel 5 marta uylangan, 1 oʻgʻil va 1 qiz farzandi boʻlgan

Yana qarang Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Kadın (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1938-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari