Janubiy Tyrol Arena (; ) – Italiyaning Janubiy Tyrol provinsiyasi Rasen-Antholz kommunasida joylashgan biatlon stadioni.

Inshoot 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari doirasidagi biatlon musobaqalariga mezbonlik qildi.

Tarixi

1969-yilda stadionning qurilish ishlari boshlangan. 1971-yilda ochilgan mazkur inshoot muntazam ravishda biatlon boʻyicha Jahon kubogi musobaqalariga mezbonlik qilib keladi. Shuningdek, ushbu stadion 6 marotaba biatlon boʻyicha jahon chempionatlariga (1975, 1976, 1983, 1995, 2007 va 2020) hamda 2 marotaba yoshlar oʻrtasida biatlon boʻyicha jahon chempionatiga (1975 va 1983) mezbonlik qilgan.

Stadion 2006-yildan boshlab modernizatsiya qilingan, tomoshabinlar uchun tribunalar kengaytirilgan va musobaqa hakamlari uchun bino qurilgan. Umumiy qiymati 6,9 million yevroni tashkil etgan.

2007-yilgi Jahon chempionatiga 117 000 tomoshabin tashrif buyurgan. Shuningdek, 10-fevral shanba kungi oʼyinga 23 000 kishi tashrif buyurib, eng yuqori koʼrsatkich qayd etilgan.

Manzili Arena Puster vodiysining yon vodiysi Antholz vodiysining oxirida, dengiz sathidan 1600 metr balandlikda, Antholz koʻli yaqinida joylashgan. Antholz, odatda, biatlon boʻyicha Jahon kubogi musobaqalari oʼtkaziladigan eng baland joydagi arena hisoblanadi, chunki undan ham balandroq joy boʻlgan Soldier Hollow, odatda, Jahon kubogi oʼyinlari roʻyxatiga kiritilmaydi.

Manbalar

Havolalar

(DE, EN, IT) (DE, EN, IT)

Turkum:Italiyada biatlon Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan joylar Turkum:1971-yilda qurib bitkazilgan sport inshootlari