Olimpia delle Tofane – Italiyaning Kortina-dʼampetsso shahrida joylashgan ayollar oʼrtasida togʻ changʻi sportining tepalikdan pastga tez tushish yoʼnalishi boʼyicha Jahon kubogi musobaqalari oʼtkaziladigan trassa.

Ushbu trassada ilk bor 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida togʼ changʼi sportining erkaklar oʼrtasida tepalikdan pastga tez tushish yoʼnalishi boʼyicha oʼtkazilgan musobaqaga mezbonlik qilgan. Oradan 70 yil oʼtib, ushbu trassada 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarining ayollar oʼrtasida togʻ changʻisi musobaqalariga (tezkor va texnik yoʼnalishlar) mezbonlik qildi.

Lindsey Vonn ushbu trassada rekord darajada, yaʼni 12 marta Jahon kubogi musobaqalarida gʻoliblikni qoʼlga kiritgan.

Trassaning eng mashhur va eng tik qismi qoyalar orasidagi „Tofanaschuss“ hisoblanadi.

Trassa Boʻlimlar Rifugio Pomedes Tofanaschuss Duca d’Aosta Delta Primo Muro Secondo Muro Diagonale Grande Curva Scarpadon Festis Pale di Rumerlo Final Traverse

Club5+ 1986-yilda „Club5“ elit klubi tashkil etilgan. Ushbu klubni dastlab togʼ changʼi sporti tezlikda pastga tushish yoʼnalishi boʼyicha musobaqlarni tashkil etuvchi nufuzli tashkilotchilar (Kitzbühel, Vengen, Garmish, Val-d'Isère va Val Gardena/Gröden) tomonidan tuzilgan. Klubning asosiy maqsadi togʻ changʻi sportini yuqori darajaga olib chiqish, yaʼni musobaqalarni sifatli va professional darajada oʼtkazish edi.

Keyinchalik yillar davomida boshqa tashkilotchilar hozirda „Club5+“ deb nomlanuvchi klubga qoʻshildi. Ular orasida Alta Badia, Kortina-dʼampetsso, Kranjska Gora, Maribor, Leyk Luis, Schladming, Adelboden, Kvitfjell, Sankt-Morits va Årelar bor.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Italiyada changʻi sporti Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan joylar Turkum:Olimpiya togʻ changʻisi arenalari Turkum:Changʻi trassalari