XOQning 134-sessiyasi – 2019-yil 24-iyunda Shveysariyaning Lozanna shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) sessiyasi.

Nomzodlar Italiyaning Milan shahri 134-XOQ sessiyasiga mezbonlik qilish uchun yagona nomzod edi. 2017-yil sentyabr oyida Lima shahrida oʻtkazilgan XOQning 131-sessiyasida ushbu nomzod shahar bir ovozdan saylangan. Biroq keyinroq 2018-yilda Milan va Kortina-dʼampetsso (bu yerda 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari oʻtkazilgan) 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun Italiya arizasini taqdim etdi. Olimpiya xartiyasiga koʻra, Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun nomzod boʻlgan mamlakatda XOQ sessiyasi oʻtkazilishiga ruxsat berilmaydi. Shu sababli, XOQ sessiyasi Lozannadagi SwissTech Convention Center majmuasiga koʻchirilgan.

2026-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari uchun mezbon shaharni saylash 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qiluvchi shahar 134-XOQ sessiyasida saylandi. Arizalar 2018-yilda XOQga taqdim etilgan.

Ovoz berish natijalari 2026-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilish boʻyicha arizalar natijalari Shahar Davlat OvozlarMilan–Kortina-dʼampetsso47Stokgolm–Åre34

Yangi XOQ shtab-kvartirasining ochilishi Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) 23-iyunda Olimpiya kuni nishonlanishi chogʻida Shveysariyaning Lozanna shahrida oʻzining yangi shtab-kvartirasini rasmiy ravishda ochdi. 2019-yil XOQ tashkil etilganiga 125-yil toʻldi va ushbu yubiley aynan Olimpiya kunida nishonlandi.

Yangi XOQ aʼzolarini saylash Sessiyada XOQning 10 nafar yangi aʼzosi saylandi. Yangi aʼzolar: Odette Assembe-Engoulou – Kamerun Filomena Fortes – Kabo-Verde Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Matlohang Moiloa-Ramoqopo – Lesoto Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tidjane Thiam – Kot-dʼIvuar Laura Chinchilla – Kosta-Rika Erick Thohir – Indoneziya Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Spyros Capralos – Gretsiya Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Mustapha Berraf – Jazoir Milliy olimpiya qo‘mitasi va Afrika milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi prezidenti Narinder Dhruv Batra – Hindiston Olimpiya assotsiatsiyasi prezidenti Kee Heung Lee – Koreya sport va Olimpiya qoʻmitasi prezidenti

Manbalar

Turkum:Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi sessiyalari Turkum:2019-yilda Shveysariya sporti Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga arizalar Turkum:2019-yilgi konferensiyalar Turkum:Lozannada tashkil etilgan tadbirlar Turkum:21-asr Lozannada