Togʻrul Shahriyor oʻgʻli Asgarov (; 1992-yil 17-sentyabrda Ozarbayjonning Ganja shahrida tugʻilgan) – ozarbayjonlik kurashchi. U erkin kurash boʻyicha Olimpiya va Yevropa chempioni.

2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Toʻgʻrul Asgarov erkaklar oʻrtasida 60 kilogramm vazn toifasida erkin kurash boʻyicha rossiyalik Besik Kuduxovni (1-0, 5-0) magʻlub etib, Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritdi.

2017-yil may oyida u doping qoidalarini buzgani (gigenamin) uchun bir yilga diskvalifikatsiya qilingan.

Murabbiylik faoliyati thumb|250x250px|Ozarbayjon ayollar terma jamoasi katta murabbiyi Toghrul Asgarov Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarida 2023-yil iyul oyida u rasman Ozarbayjon ayollar erkin kurashi boʻyicha kattalar terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. 2024-yil fevral oyida Buxarestda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Asgarov bosh murabbiy boʻlgan Ozarbayjon ayollar kurashi terma jamoasi ikkita oltin va bitta bronza medalini qoʻlga kiritib, jamoaviy hisobda 83 ochko bilan toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Bu soʻnggi olti yil ichida toʻplangan ochkolar boʻyicha va erishilgan pozitsiyalar boʻyicha besh yil ichidagi eng yaxshi natija boʻlgan. Oʻninchi marta Yevropa chempioni boʻlgan va jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz oʻyindan soʻng Asgarov qoʻl ostida mashgʻulotlarni boshlagan jamoa yetakchisi Mariya Stadnik yangi murabbiy bilan mashgʻulotlari haqida gapirib berdiMariya Stadnik o tom, kak Togrul Askerov vernul ey uverennost v svoix silax:

2024-yil may oyida Stadnik beshinchi Olimpiada oʻyinlariga litsenziyani qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.

Ozarbayjon ayollar terma jamoasining yana bir aʼzosi Jala Aliyeva oʻz intervyularidan birida bolaligida hamyurti Toghrul Asgarovdan doim dalda olganini va u uchun eng katta ragʻbat Asgarovning uni gilamchaga olib chiqib, jamoaga mashgʻulot oʻtashi ekanligini aytgan.

Manbalar

Havolalar

Bio on Fila-Wrestling.com Toʻgʻrul Asqarovning karerasi haqida video

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ozarbayjonlik erkak sport kurashchilari Turkum:2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi kurashchilari Turkum:2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi kurashchilari Turkum:2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:2016-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:21-asrda Ozarbayjonlik erkak sportchilar