Togo 2018-yil 9–25-fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan.

Bu mamlakatning Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi ikkinchi ishtiroki edi. Togo delegatsiyasi faqat bir nafar sportchi – Mathilde-Amivi Petitjeandan iborat boʻldi. U changʻi poygasining ayollar oʻrtasidagi 10 km erkin uslub va sprint musobaqalarida qatnashdi.

Tarixi Togo ilk bor 1972-yilda Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan, biroq 2014-yilgacha biror marta ham Qishki Olimpiada oʻyinlariga delegatsiya yubormagan edi. 2014-yilgi oʻyinlarda Togo nomidan Alessia Afi Dipol va Mathilde-Amivi Petitjean ishtirok etgan. Har ikkisi ham 2018-yilgi kvota taqsimotiga koʻra bu Qishki Olimpiadaga yoʻllanma olgan edi, biroq Dipol yakunda musobaqalarda qatnasha olmadi. Petitjean esa ochilish va yopilish marosimlarida bayroqdor boʻldi.

Petitjean Nigerda tugʻilgan va uning onasi togolik boʻlgan. Sportchi hayotining katta qismini Fransiyaning Haute-Savoie hududida oʻtkazgan, aynan shu yerda u changʻi sportini oʻrgangan.

Changʻi poygasi Mathilde-Amivi Petitjean ayollar oʻrtasidagi sprint musobaqasida 59-oʻrinni, 10 km erkin uslub bahsida esa 83-oʻrinni egalladi. Ushbu yilda Qishki Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan afrikalik sportchilar soni rekord darajaga yetgan edi.

Masofali SportchiMusobaqaFinalVaqtFarqOʻrinMathilde-Amivi Petitjean10 km fristayl32:35.2 +7:34.783

Sprint SportchiMusobaqaSaralashChorak finalYarim finalFinalVaqtOʻrinVaqtOʻrinVaqtOʻrinVaqtOʻrinMathilde-Amivi PetitjeanAyollar sprint3:45.9359— Manbalar

Turkum:2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida mamlakatlar