Sayyida Zaynab masjidi () – shialik masjidi va maqbarasi boʻlib, Iroqning Ninava muhofazasi Sinjar shahrida joylashgan. Asl maqbara milodiy 1239-yilda Badriddin Luʼlu tomonidan bunyod etilgan. Bu qurilish uning boshqaruv siyosatining bir qismi boʻlib, viloyat boʻylab imomlarga bagʻishlangan ziyoratgoh va maqbaralarni barpo etish ishlariga homiylik qilish orqali shialik mazhabini targʻib etishga qaratilgan edi. Masjid Iroq va Shom Islom Davlati tomonidan butunlay vayron qilingan va 2020-yilda qayta qurilgan.
Tarixi Dastlabki maqbara 1239-yilga taalluqli. U toʻrtinchi shia imomi Ali ibn Husayn Zayn al-Obidinning (Imom as-Sajjad nomi bilan ham tanilgan) qizi Sayyida Zaynabning qabri deb hisoblangan qabr joylashgan hududda qurilgan.
Bino XIII asrda moʻgʻullar bosqinidan qattiq zarar koʻrgan, biroq 1312-yilda Ilxoniylarning musulmon hukmdori Uljaytu tomonidan juma namozi oʻqilishi uchun qayta tiklangan. 1693-yilda Posho bin Xada bu joyni toʻliq taʼmirlagan.
Sayyida Zaynab masjidi va ziyoratgohi 2014-yilda ISHID tomonidan portlovchi moslamalar yordamida vayron qilingan.
Meʼmorchiligi XIII asrga oid maqbaraning asosiy qismi hisoblanmish Sayyida Zaynab ziyoratgohi va qabri konussimon qovurgʻali gumbaz bilan yopilgan katta xonadan iborat. Gumbazning tuzilishi Mosuldagi Mashhad Imom Avniddin maqbarasi gumbaziga oʻxshaydi.
Sayyida Zaynab maqbarasi yonida musalla joylashgan. Uning ustki qismi qovurgʻali dumaloq gumbaz bilan yopilgan boʻlib, ichida gipsdan ishlangan mehrob bor. Mehrob butun qibla devorini egallaydi. Binoga keyinchalik boshqa xonalar ham qoʻshib qurilgan, biroq ularning bezaklari yoʻq.
Qayta qurish Ziyoratgohning qayta qurilgan shakli asl tuzilishdan keskin farq qiladi. Sarkofag atrofiga zarih oʻrnatilgan.
Galereya
Yana qarang
Iroqda islom Iroqdagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:13-asr Osiyodagi masjidlar Turkum:21-asr Iroqdagi masjidlar Turkum:2014-yilda buzib tashlangan binolar va inshootlar Turkum:Iroqda buzib tashlangan binolar va inshootlar Turkum:Iroqdagi gumbazli masjidlar Turkum:Iroq va Shom Islom davlati tomonidan vayron qilingan masjidlar Turkum:Iroqdagi shia masjidlari Turkum:Iroqdagi ziyoratgohlar Turkum:Iroqdagi maqbaralar