Bruneyda dinlar orasida sunniy islom ustunlik qiladi. 2021-yildagi hukumat roʻyxatiga koʻra, mamlakat aholisining 82,1 foizi musulmonlardan iborat.

Shu bilan birga, boshqa dinlar ham Bruneyda muayyan mavqega ega: aholining 6,7 foizi xristian, 6,3 foizi esa buddistdir. Qolgan 4,9 foiz aholi turli dinlarga, jumladan mahalliy (anʼanaviy) eʼtiqodlarga mansubUS State Dept 2022 report.

Islom Bruneyning davlat dini hisoblanadi. Din erkinligi va diniy marosimlarni shaxsiy ravishda amalga oshirish huquqi rasmiy ravishda kafolatlangan. Shuningdek, Oy taqvimi Yangi yili, Rojdestvo, Vesak kuni va Gawai Dayak kabi ayrim noislomiy bayramlar ham tan olingan.

Biroq amaliyotda ushbu huquqlar cheklangan. Diniy taʼlim tizimi, hatto xitoy, xristian va xususiy maktablarda ham, davlat nazorati ostidadir. Bruneyning jinoyat kodeksi musulmonlar yoki dinsiz shaxslar orasida islomdan boshqa dinlarni targʻib qilishni, diniy eʼtiqodni oʻzgartirishga daʼvat etishni, musulmon bolalarni boshqa dinlar bilan tanishtirishni yoki islomiy hokimiyatga qarshi chiqishni jinoyat deb belgilaydi. Shuningdek, bunday harakatlarga koʻmaklashgan shaxslar ham jazolanadi.

Ushbu qoidalar musulmon boʻlmaganlar va dinsiz shaxslarning mavqeini cheklaydi hamda ularning diniy erkinligini xalqaro inson huquqlari meʼyorlariga zid ravishda jiddiy darajada qisqartiradi. Musulmon boʻlmagan shaxslar boshqa dinni qabul qilishni istasa, ular kamida 14 yosh 7 oylik boʻlishi shart. Voyaga yetmagan shaxs esa ota-onasi islomni qabul qilgan taqdirda avtomatik ravishda musulmon deb hisoblanadi.

+Brunei Darussalam rasmiy aholini roʻyxatga olish maʼlumotlari Islom dini Xristian dini Buddizm dini Boshqa dinlar Jami: 1981-yilgi aholi roʻyxati Raqamda 122,269 18,767 27,063 24,733 192,832 Foizda 1991-yilgi aholi roʻyxati Raqamda 174,973 25,994 33,387 26,128 260,482 Foizda 2001-yilgi aholi roʻyxati Raqamda 249,822 31,291 28,480 23,251 332,844 Foizda 2011-yilgi aholi roʻyxati Raqamda 309,962 34,176 30,814 18,420 393,272 Foizda 2016-yilgi aholi roʻyxati Raqamda 337,391 29,510 29,495 20,860 417,256 Foizda 2021-yilgi aholi roʻyxati Raqamda362,03529,46227,74521,473440,715 Foizda

+Brunei Darussalamda etnik guruhlar boʻyicha din (2011-yil bahosi) MillatIslomBuddizmXristianXalq dini / BoshqalarMalayziyalik(Bruney qonunlariga koʻra, barcha malaylar musulmon hisoblanadi).XitoylikMahalliy qabilalarQoʻllanilmaydiFuqaroligi boʻlmaganlarJami:

Islom dini Islom Bruneyning rasmiy dini hisoblanadi va aholining 82,70 foizi musulmonlardan iborat. 2021-yil holatiga koʻra, mamlakatda 362 035 nafar sunniy musulmon mavjud boʻlgan, shundan 190 314 nafari erkaklar, 171 721 nafari ayollar.

2023-yilda Bruney–Muara tumanida 193 kishi, Belait tumanida 78 kishi, Tutong tumanida 112 kishi va Temburong tumanida 15 kishi islom dinini qabul qilgan.

Islom 1954-yilda mamlakatning rasmiy dini sifatida eʼlon qilingandan buyon islomni qabul qilgan bruneyliklar soni ortib borgan. 2004-yilga kelib 16 000 dan ortiq bruneylik islomni qabul qilgani qayd etilgan. 2009–2020-yillar oraligʻida esa Bruneyda 5 884 nafar shaxs islom dinini qabul qilgan.

Boshqa dinlar Xristianlik

2022-yil holatiga koʻra, Bruneyda nasroniylik aholining taxminan 8,7 foizi amal qiladigan ikkinchi yirik din hisoblanadiUS State Dept 2022 report. Boshqa maʼlumotlarga koʻra, bu raqam 12% gacha boʻlishi mumkinOpen Doors website, Retrieved 2023-08-01.

Buddizm

Buddizm Bruneydagi uchinchi yirik din boʻlib, davlat dini boʻlmish islom va ikkinchi oʻrinda nasroniylikdan keyin turadi</ref>. Hisob-kitoblarda sonlar turlicha, ammo baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Bruneydagi buddistlar soni 30 000 atrofida va Bruneydagi buddistlarning soniumumiy aholining 7-8% atrofida tashkil qiladi. Bruneyning 2016-yilgi rasmiy maʼlumotlariga koʻra, aholining 7% (29 495) buddizmga eʼtiqod qiladi.

Hinduizm Bruneydagi hindu jamoasining deyarli barchasi hind millatiga mansub shaxslardan iborat. Ularning umumiy soni taxminan bir necha ming kishini tashkil etadi. Mamlakatda ikki ta hindu ibodatxonasi mavjud.

2001-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, hindulardan 124 nafari Bruney fuqarosi, 91 nafari esa doimiy yashash huquqiga ega shaxslar boʻlgan. Qolganlari esa fuqarolikka ega boʻlmagan shaxslardir.

Hinduizm Bruneydagi etnik tamillarning ozchilik qismi tomonidan eʼtiqod qilinadi. Ular asosan Bruneyda faoliyat yuritayotgan shifokorlar, muhandislar hamda taʼlim sohasida – maktab, universitet va kollej darajasida professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar sifatida ishlovchi shaxslardan iborat"India sees prospects for work in Brunei’s education sector ", The Brunei Times, 12 October 2011.. Bruneyning Hindu Welfare Board – 50 yillik tarixga ega hindu diniy tashkilot boʻlib, uning aʼzolari soni taxminan 3 000 kishini tashkil etadi. Mamlakatda ikki ta kichik hindu ibodatxonasi mavjud"Religious Life and Institutions in Brunei", ISIM Newsletter, 27 September 2010..

Ibodatxona Bruneyning Seria shahridagi Gurkha polklarining hududida joylashgan. Ushbu hindu ibodatxonasi mahalliy hindu va buddist jamoalar tomonidan duo va ibodat maqsadida ziyorat qilinadi.

Manbalar

Turkum:Davlatlarga koʻra islom Turkum:Dinlar