Oysha Sulton (, 1465 – 1515) – Usmoniylar malikasi, sulton Boyazid II va uning joriyalaridan biri Nigor xotunning qizi.
Nikohi Oysha Sulton 1465-yilda Amasyada tugʻilgan. Oʻsha paytda otasi Boyazid II hali shahzoda hamda mintaqa hokimi boʻlgan. Onasi Boyazidning joriyasi Nigor xotun boʻlib, uning sulton Boyaziddan Shahzoda Korkut hamda Fotma Sulton ismli farzandlari ham boʻlgan.
Oysha Güveyi Sinan posho bilan ehtimol otasi hali shahzoda va Amasya hokimi boʻlgan paytda turmush qurgan. Boyazid hukmronligi davrida u Onadoʻli beylerbeyi (hokimi) etib tayinlangan. Oysha erining Onadoʻli, Gelibolu va Rumeliyadagi xizmat faoliyati davomida unga hamroh boʻlgan.
Ularning ikki oʻgʻil va besh qizi boʻlgan.
Oysha Sulton eri Sinan posho urushda boʻlgan paytda yashash uchun davlat xazinasidan pul sarflagan. Otasiga yozgan maktubida mablagʻ yetishmasligidan shikoyat qilgan. Biroq keyinchalik otasining oldida oʻzini oqlashiga toʻgʻri kelgan.
1504-yilda beva qolganidan soʻng poytaxtga qaytgan. Avval otasi, soʻngra oʻgay ukasi sulton Salim I tomonidan unga nafaqa belgilangan.
Xayriya ishlari Oysha Sulton hayotligida Edirneda masjid, Geliboluda kichik masjid va maktab qurdirgan hamda ularning faoliyati uchun oʻz mulkini vasiyat qilgan. Eri Sinan otasidan Üsküdar nohiyasidagi qishloqlarni mulk sifatida olgan. Shundan soʻng ularni oʻzi qurdirgan masjid va karvonsaroyga hadya qilgan. Posho Geliboludagi bir zaviya uchun vaqf ham taʼsis etib, unga Oysha Sultondan sotib olingan mulk qishloqlarini vasiyat qilgan.
Farzandlari Oysha Sulton va Sinan poshoning 2 oʻgʻli va 5 qizi boʻlgan:
Sultonzoda Ahmad bey – Vize hokimi. 1506-yil yanvarda Rumeliya hokimi Hasan poshoning qiziga uylangan. Uning Gavharxon ismli qizi boʻlgan.
Sultonzoda Mustafo bey.
Xonzoda Oysha Mihrihan xonimsulton 1503-yil noyabrda amakivachchasi, Anqara sanjak beyi Sultonzoda Dukakinzoda Mehmed Ahmad beyga (Gevhermüluk Sultonning oʻgʻli) turmushga chiqqanUluçay 2011, p. 48-49.. Uning Mihrimoh xonim ismli qizi boʻlgan.
Gavharshoh xonimsulton avval Dukaginzade Ahmed poshoga turmushga chiqqan. Ularning Dukaginzade Ibrohim posho (vaf: 1582; Gavharmülük Sultonning qizi Neslişah xonimsultonga uylangan) ismli oʻgʻli va Fotma xonim (1518-yilda Antaliya hokimi Iskandar beyga turmushga chiqqan) ismli qizi boʻlgan. Biroq ular 1511-yilgacha boʻlgan davrda ajrashgan. Dukaginzade Ahmed posho Salim I ning qizi Hafiza Sultonga uylangan. Gavharshohning ikkinchi nikohi Ibrohim bey (Umar beyning oʻgʻli, opasi Mihrihan xonimsultonning qaynukasi) bilan boʻlgan. Ularning Iskandar bey ismli oʻgʻli va Hojı Rukiye xonim ismli qizi boʻlgan. Gavharshoh 1552-yil 4-aprelda Halabda vafot etgan.
Kamerşah xonimsulton 1506-yil 6-iyulda Ali beyning (opasi Fotima xonimsultonning eri) oʻgʻli, Paleologlar sulolasidan boʻlgan Mesih poshoning nabirasi Ahmad beyga turmushga chiqqan. Ularning nikohi oʻsha paytda beva boʻlgan onasi amalga oshirgan.
Fotma xonimsulton 1506-yil 28-iyunda Masih poshoning oʻgʻli Ali beyga, opasi Kamerşah xonimsultonning qaynotasiga turmushga chiqqan. Uning Ahmad bey ismli oʻgʻli boʻlib, u Boyazid II ning qizi Fotma Sultonning qiziga uylangan.
Mihrihan xonimsulton 1505-yilda Umar beyning oʻgʻli va opasi Gavharshoh xonimsultonning ikkinchi erining ukasi, Filorina hokimi Hasan beyga turmushga chiqqan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1460-yillarda tug‘ilganlar Turkum:1515-yilda vafot etganlar Turkum:15-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:16-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari