Fotma Sulton (;  – 1580-yil oktyabr) – Usmoniylar malikasi, Usmoniylar imperiyasi sultoni Salim II ning () qizi, sulton Sulaymon I () va Hurram Sultonning nabirasi, sulton Murod III ning () ota bir, ona boshqa singlisi, sulton Mahmud III ning () ammasi.

Yoshligi Fotma Sulton taxminan 1559-yilda Salim hali shahzoda va sanjakbey boʻlib xizmat qilgan paytda Konyada tugʻilgan. Fotma Salimning eng kichik qizi edi. Onasining shaxsi aniq emas.

Avvalroq u Nurbonu Sultonning qizi boʻlishi mumkinligi haqida bahs boʻlgan. Biroq 1558-yilda sulton Sulaymon I nevarasi Murodni viloyatga yuborgan va Nurbonu ham oʻgʻli bilan birga ketgan edi. Fotmaning 1559-yilda tugʻilganini inobatga olgan holda, tarixchi Peirce bu ehtimolni rad etgan. Fotmaning shaxsi nomaʼlum joriyadan tugʻilganini yana bir dalil tasdiqlaydi: Fotma oʻz vasiyatida onasi uchun 40 asper miqdorida mablagʻ ajratgan. Holbuki, agar uning onasi Nurbonu Sulton boʻlganida unga bunday mablagʻ ajratilishining hojati boʻlmas edi, chunki sulton Salim II hukmronligining oxirida kuniga 1 100 asper maosh olgan haseki sulton, Murod III hukmronligi davrida kuniga 2 000 asper olgan Volida Sultonning bunday taʼminotga ehtiyoji boʻlmas edi.

Nikohi 1574-yilda Fotma Sulton Kanijeli Siyovush poshoga (vaf. 1602) turmushga chiqqan. Posho oʻshanda Rumeliyaning beylerbeyi boʻlgan, keyinchalik esa bosh vazir (1582–1584, 1586–1589, 1592–1593) etib tayinlangan. 1573–1578-yillarda Istanbulda Muqaddas Rim imperiyasi elchisining birinchi yordamchisi va ruhoniysi boʻlgan Stephan Gerlach beylarbeyi aslida qul boʻlgani, Fotmaning otasi Salim uni bolaligida 500 dukatga sotib olib, oʻz oʻgʻlidek koʻra boshlagani haqida yozib qoldirgan. Aynan sulton Salimning vasiyatida bu nikohni tashkil etish buyurilgan.

Fotmaning sep puli taxminan 5000 dukatni tashkil etgan. Fotma ham, uning eri gam ushbu nikohlaridan baxtiyor boʻlganini, Siyovush posho gʻazabga uchraganida Fotma akasi Muroddan uning jonini saqlab qolishni iltimos qilgani ham maʼlum. Siyovush poshoning tabibi Muso Benveniste koʻpincha er-xotin bilan birga kechki ovqatda boʻlgan. Fotma Sulton Siyovush poshodan toʻrt oʻgʻil va bir qiz koʻrgan, biroq faqat bir oʻgʻligina omon qolgan.

Xayriya ishlari Fotma Sulton Edirnekapıda boshlangʻich maktab, shuningdek, madrasa qurdirgan.

Vafoti Fotma Sulton 1580-yil oktyabrda Istanbulda qizining muddatidan avval tugʻilishi oqibatida tugʻruq vaqtida vafot etgan. Xabarlarga koʻra, qizi ham vafot etgan. Fotma vafotidan keyin Ayasofya masjidida otasi sulton Salim II maqbarasiga dafn etilgan.

Farzandlari Fotma Sulton eri Siyovush poshodan 4 oʻgʻil va 1 qizi koʻrgan. Faqat bir oʻgʻli goʻdakligida omon qolib, umr koʻrgan. Sultonzoda Ahmad bey (1573-1582) Sultonzoda Mustafo posho (1575-1599-yil aprel), uning farzandlari ham boʻlgan Sultonzoda Abdulqodir bey (1577-1583) Sultonzoda Sulaymon bey (1579-1583) Fülane Xonimsulton (1580-yil oktyabr – 1580-yil oktyabr) muddatidan avval tugʻilib, 3 kundan soʻng vafot etgan. Fotma Sulton esa uni tugʻish vaqtida vafot etgan

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Konyaliklar Turkum:Tugʻruq paytida vafot etganlar Turkum:1550-yillarda tug‘ilganlar Turkum:1580-yilda vafot etganlar Turkum:16-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari