Domenare masjidi () – Eronning Kurdiston ustoni Saqqez shahrida joylashgan masjid. Saqqezdagi, shuningdek, Kurdistondagi eng qadimgi masjidlardan biri boʻlib, dastlab bunyod etilgan koʻrinishida saqlanib qolgan. Masjid Afshoriylar va ilk Zand davrida yakunlangan.
Masjid 2000-yil 15-martda Eron milliy merosi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, Eronning Madaniy meros, hunarmandchilik va turizm tashkiloti tomonidan boshqariladi.
Tarixi Mahalliy rivoyatlarga koʻra, masjid Afshoriylar davrining mashhur orifi va matematigi Shayx Hasan Molonobodiy zamoniga taalluqlidir. Nodirshoh Bagʻdodga yoʻl olganida Saqqez orqali oʻtgan va Shayx Hasan Molonabodiyning shu shahar aholisi uchun masjid qurish iltimosiga binoan Nodirshoh Saqqezning eski qismida ushbu masjid qurilishini buyurgan. Hozir ham ayrim mahalliy aholi bu masjidni Shayx Hasan Molonobodiy masjidi deb ataydi. Bu daʼvoning asosli ekanini koʻrsatadigan belgilar va sabablarning biri shuki, ushbu safar davomida Nodirshoh Shayx Hasanga sovgʻa sifatida ikkita inkrustatsiya buyumi hamda chiroyli boʻyalgan charm dasturxon ham taqdim etgan. Bu sovgʻalar hozirda Shayx Hasanning qabri joylashgan Molonobod qishlogʻida saqlanadi. Shuningdek, Shayx Hasan maqbarasida Afshoriylar davrining oxiriga oid qoʻlyozma Qur’on ham mavjud.
Galereya
Yana qarang
Eronda islom Erondagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:18-asr Erondagi masjidlar Turkum:Erondagi gumbazli masjidlar Turkum:Erondagi minorali masjidlar Turkum:Kurdiston viloyatidagi masjidlar