Hamza Bey masjidi (, ) – Gretsiyaning Markaziy Makedoniya mintaqasidagi Saloniki shahrida joylashgan sobiq masjid. 1460-yilda, Usmoniylar davrida qurilgan masjid 1820-yillarda oʻz holiga tashlab qoʻyilgan. Zamonaviy salonikiliklar uni koʻpincha, bino hududida oʻnlab yillar faoliyat yuritgan kinoteatr nomidan kelib chiqqan holda, Alkazar deb atashadi.
Umumiy maʼlumot U Isa Bey Evrenosogʻlining qizi Hafsa Xotun buyrugʻi bilan qurilgan, biroq Rumeliyaning beylarbeyi Hamza Bey nomi bilan atalgan. Keyingi zilzilalar va yongʻinlar oqibatida zarar koʻrgan va 1620-yilda qayta tiklangan, shuningdek qoʻshimcha madrasa qerilgan.
Gretsiya va Turkiya oʻrtasidagi aholi almashinuvidan soʻng masjid diniy bino sifatida faoliyat yuritmagan va Gretsiya Milliy banki mulkiga aylangan. Dastlab u turli harbiy xizmatlar uchun ishlatilgan, 1926-yilda muhofaza etiladigan yodgorlik deb eʼlon qilinganiga qaramay, 1928-yilda xususiy egalariga sotilgan. keyinchalik bino bir necha oʻn yillar davomida kinoteatr sifatida ishlatilgan va keng koʻlamli oʻzgartirishlarga uchragan. Masjid 2006-yilda Gretsiya Madaniyat vazirligiga topshirilgan va restavratsiya ishlari boshlangan.
Masjid gumbaz bilan yopilgan boʻlib, unda 1923-yildan keyin olib tashlangan minora boʻlgan.
Yana qarang
Gretsiyada Islom Gretsiyadagi sobiq masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Gretsiyadagi XV asr masjidlari Turkum:Gretsiyadagi sobiq masjidlar Turkum:Usmoniylar imperiyasi davrida Makedoniya Turkum:Gretsiyadagi gumbazli masjid binolari Turkum:Gretsiyadagi minorali masjid binolari