frame|180px|thumb|Osiyo Oʻyinlari ramzi. Osiyo Oʻyinlari (Asiad ham deyiladi) har toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan sport oʻyinlari musobaqalaridir. Bunda faqatgina Osiyo davlatlari ishtirok qilishadi.

Osiyo oʻyinlari — Osiyo qitʼasining nufuzli sport musobaqalari. 4 yilda 1-marta oʻtkaziladi. Osiyo Olimpiada kengashi 1949-yil 13 fevralda asos solgan va musobaqalarni oʻtkazuvchi O.oʻ. federatsiyasini tashkil etgan. Uning nizomi Olimpiada oʻyinlari gʻoyalari asosida tuzilgan. Har bir davlat O.oʻ.ning qaysi turlarida ishtirok etishini oʻzi belgilaydi, lekin vakillari tarkibi tashkiliy qoʻmita va Osiyo Olimpiada kengashi belgilagan sondan oshib ketmasligi kerak. O.oʻ. da voleybol, futbol, yengil atletika, suzish kabi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kirgan sport turlari hamda muaytay, sepak tekrav singari milliy sport turlari boʻyicha musobaqalar uyushtiriladi. O.oʻ. dasturiga biror milliy sport turini kiritish uchun bu tur qitʼaning kamida 6 ta davlatida ommalashgan boʻlishi va kamida 4 mamlakatdan shu tur boʻyicha sportchilar ishtirok etishi zarur.

Oʻzbekiston sportchilari O.oʻ.ga 1994-yildan qatnashadi. Sportchilarimiz O.oʻ.ning 100 dan ortiq medallari bilan takdirlanishdi (2002), ulardan 31 tasi oltin medaldir. Baydarkachi Ivan Kireyev (1994) 3 bor, gimnastikami Oksana Chusovitina (2002) va bokschi Sergey Mixaylov (1998, 2002) 2-martadan O.oʻ. chempioni boʻldi. Oʻzbekiston futbol terma jamoasi 1994-yilda Xirosi-mada qitʼa chempioni unvonini qoʻlga kiritdi.

O.oʻ. qitʼa davlatlarida milliy sport turlarining keng ommalashishiga yordam berayapti. 2006-yilda Doʻhada boʻladigan O.oʻ. dasturiga oʻzbek kurashi musobaqalari ham kiritildi.

Osiyo uyinlariSanasi Oʻtkazilgan joyi1951 Dehli Hindiston)1954 Manila (Filippin)1958 Tokio (Yaponiya)1962 Jakarta (Indoneziya)1966 Bangkok (Tailand)1970 Bangkok (Tailand)1974 Tehron (Eron)1978 Bangkok(Tailand)1982 Dehli (Hindiston)1986 Seul (Janubiy Koreya)1990 Pekin (Xitoy)1994 Xirosima (Yaponiya)1998 Bangkok(Tailand)2002 Pusan (Jan. Koreya)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Osiyo oʻyinlari — kompleks sport oʻyinlari boʻlib, oʻzida, Osiyo mamlakatlari va xalqlarining oʻzaro birligini mustahkamlash, oʻzaro hurmat va hamkorlikni oshirish, yoshlar oʻrtasida Olimpiya harakati targʻiboti, jismoniy maʼdaniyat va sportni ommalashtirishni oʻzida mujassamlashtirgan holda, 1951-yildan beri oʻtqazib kelinadi. Osiyo oʻyinlari Xalqaro Milliy Olimpiya Qoʻmitasi va Osiyo Olimpiya Kengashi rahnamoligida toʻrt yilda bir marotaba — Olimpiya oʻyinlaridan ikki yil oldin oʻtqaziladi. 18-Oʻyinlari tartib boʻyicha 2018-yili oʻtkazilishi darkor edi. Osiyo Olimpiya Kengashining 2009-yil, 3-iyulida Singapurda boʻlib oʻtgan Bosh Assamblyasida, Osiyo oʻyinlarni, Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan 1 yil oldin oʻtkazish maqsadga muoffiq deb eʼtirof etilgan.

Tarix Osiyo oʻyinlarining asos solinishiga 1913-yildan 1934-yilgacha Xitoy, Yaponiya va Filippin vakillari ishtrok etgan Uzoq Sharq mamlakatlari chempionati sabab boʻldi. 14-Olimpiada oʻyinlari (1948-yil) paytida Londonda, Osiyo mamlakati qatnashchilari Osiyo oʻyinlari sport assotsiatsiyani tashkil etish borasida kelishuvga erishishdi. 1949-yil Nyu-Delida boʻlib oʻtgan assambleniyada Osiyo oʻyinlari Federatsiyasi tuzildi va 1951-yil Nyu-Delida birinchi Osiyo oʻyinlari boʻlib oʻtishligi haqida qaror qabul qilindi. 1982-yili Osiyo oʻyinlari Federatsiyasi XOQ eʼtirofiga sazovor boʻldi. 1982-yil 16-noyabrda Nyu-Delida boʻlib oʻtgan Bosh Assambleyada qitaʼdagi sport tashkiloti oʻz nomini — Osiyo Olimpiya Kengashi — deb oʻzgartirdi. thumb|1951-yil, Birinchi Osiyo Oʻyinlari ochilish marosimi thumb|2006-yil Dohadagi Osiyo oʻyinlari Osiyo oʻyinlari dasturi Osiyo oʻyinlari dasturiga quyidagi sport turlari kiritilgan: Akademik greblya Yengil atletika Badminton Basketbol Beysbol Boks Kurash Velosport Suv sporti turlari Voleybol Gandbol Gimnastika Golf Baydarka va kanoeda eshkak eshish Dzyudo Kabaddi Karate Ot sporti Kriket Stol tennisi Yelkanli sport Penchak silat Regbi Sepaktakrav Skvosh Zamonaviy beshkurash Softbol Soft-tennis Oʻq otish Kamondan oʻq otish Taekvondo Tennis Triatlon Ogʻir atletika Ushu Qilichbozlik Futbol Xokkey

Osiyo oʻyinlari mashstabi (sport, musobaqa turlari boʻyicha) XX asrning 50-yillardanoq xalqaro talablarga javob bera boshlagan. Misol tariqasida 1986-yil Seulda oʻtqazilgan Osiyo oʻyinlarida 25 sport turi boʻyicha, 269 ta musobaqani keltirib oʻtishimiz mumkin. Pekinda boʻlib oʻtgan 11- Osiyo oʻyinlarda, medallar uchun kurashish 27 sport turi boʻyicha, 310 ta musobaqa turlariga oshdi. 2002-yil Pusanda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida sportchilar 38 sport turi boʻyicha, 419 ta baxslarda ishtrok etishdi. Eng koʻp dastur 2010-yili Guanjou(Xitoy)da qayd etildi. Sportchilar 42 sport turi boʻyicha, 476 ta musobaqada bahslashishdi.

Osiyo oʻyinlari roʻyxati YilOʻyinlarMezbonOʻyin boʻlib oʻtgan muddatMamlakatIshtrokchiSport turlariMusobaqalarManba1951I Nyu DeliMart 4–11114896571954II ManilaMay 1–9199708761958III TokyoMay 28 — Iyun 1161,82013971962IV JakartaAvgust 24 — Sentabr 4121,46013881966V BangkokDekabr 9–20161,945141431970<center>VI BangkokDekabr 9–20162,400131351974VII TehronSentabr 1–16193,010162021978<center>VIII BangkokDekabr 9–20193,842192011982IX Nyu DeliNoyabr 19 — Dekabr 4233,411211471986X SeulSentabr 20 — Octyabr 5274,839252701990XI PekinSentabr 22 — Octyabr 7366,122293101994XII HiroshimaOctyabr 2–16426,828343371998XIII BangkokDekabr 6–20416,554363762002XIV PusanSentaybr 29 — Octyabr 14447,711384192006XV DohaDekabr 1–15459,520394242010XVI GuanjouNoyabr 12–27459,704424762014XVII IncheonSentabr 19 — Octyabir 4Kelajakdagi musobaqa2018XVIII Jakarta-PalembangKelajakdagi musobaqa2022XIX HangzhouKelajakdagi musobaqa center|thumb|760px|Osiyo Oʻyinlariga mezbonlik qilgan mamlakatlar. Qizil nuqta Oʻyin oʻtkazilgan shaharni anglatadi

Boshqa Osiyo oʻyinlari Hozirgi kunda Osiyo Olimpiya Kengashi bayrogʻi ostida nafaqat yozgi va qishki Olimpiya oʻyinlari, shu bilan birga quyudagi bahslar ham oʻtkazilmoqda:

1.Jangovor sanʼat va yopiq inshoatlarda oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlari

2013-yildan eʼtiboran „Yopiq inshoatlardagi Osiyo oʻyinlari“ va „Jangovor sanʼat boʻyicha Osiyo oʻyinlari“ni bitta musoboqaga — „Jangovor sanʼat va yopiq inshoatlarda oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlari“ga birlashtirgan holda toʻrt yilda bir marotaba oʻtkaziladigan boʻldi.

Bu oʻyinlar dasturiga yozgi va qishki Osiyo oʻyinlari va Olimpiada oʻyinlariga kiritilmagan sport turlarini oʻz ichiga qamrab oladi. IV Jangovor sanʼat va yopiq inshoatlarda oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlari 2013-yil Incheon (J.Koreya)da boʻlib oʻtsa, 2017-yil Turkmaniston poytaxti Ashxabodda navbat boʻyicha V oʻyinlar boʻlib oʻtadi. Dastur, quyida koʻrsatilgan yopiq inshoatlardagi sport turlari boʻyicha 6 tadan kam boʻlmagan va jangovor sanʼat boʻyicha 2 ta sport turidan kam boʻlmagan sport turlarini oʻz ichiga qamrab olishi darkor.

Yopiq inshoatlardagi sport turlari: Akrobatika aerobika yengil atletika bilyard bouling bridj shaxmat velosport sport raqsi „ajdarho va sher raqsi“ musobaqasi kibersport sportning ekstremal turlari futzal xokkey 25 metr masofaga suzish. Jangovor sanʼat boʻyicha sport turlari: Karate Muaytay Djiu-djitsu Kikboksing Kurash penchak silat

2.Sohil sport turlari boʻyicha Osiyo oʻyinlari

3.Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlari

Oʻzbekiston barcha Osiyo oʻyinlarida 1994-yildan beri ishtrok etib kelmoqda.

Manbalar www.olympic.uz

Havolalar

Asian Games Aziatskie igri

Turkum:Sport musobaqalari Turkum:Osiyo oʻyinlari