As-Sahla masjidi () – imomiylar shialigiga mansub masjid va ziyoratgoh boʻlib, Iroqning Najaf viloyatidagi Kufa shahrida joylashgan. Masjid imomiy shia musulmonlar uchun katta ahamiyatga ega boʻlib, u dastlab Kufa shahrida Ali tarafdorlari, yaʼni shialarning ilk aʼzolari uchun mahalla masjidi sifatida barpo etilgani aytiladi. Shuningdek, masjid kelajakda oʻn ikkinchi shia imomi – Hujjatulloh al-Mahdiyning maskani boʻlishi ham rivoyat qilinadi.

Tarixi Masjid milodiy VII asrda barpo etilgani aytiladi. Keyingi yillar davomida u koʻp bor qayta qurilgan, jumladan hijriy 750-yilda (milodiy 1349/1350-yillarda), XX asrning oxirlarida hamda 2011–2018-yillarda. 2013-yil iyulida jamoatchilik uchun „Sayyida Nargis sahni“ deb nomlangan yangi sahn ochildi.

Ahamiyati Masjid imomiylar eʼtiqodiga koʻra rivoyatlar asosida muqaddas sanaladi. Bu eʼtiqodlarga koʻra, masjid oʻn ikkinchi imom – Hujjatulloh al-Mahdiy qaytishidan soʻng istiqomat qiladigan joydir. Shuningdek, masjid paygʻambarlar va islomdagi ayrim zotlar: Ibrohim (Avraam), Idris (Enoh), hamda Xizrning maskani boʻlgani ham aytiladi. Har bir paygʻambar masjid ichida namoz oʻqishni joriy etgani rivoyat qilinadi. Masjidda islom namozining ikki rakatini ado etish bir yil davomida inson uchun omonlik va himoya berishiga ishoniladi. Qiyomat kunini eʼlon qiluvchi sur masjiddan chalinadi, deb ishoniladi. Rivoyatlar va imomiylar eʼtiqodiga koʻra, masjidda yetmish ming kishi tiriltiriladi va ular jannatga soʻroqsiz kirishi mumkin. Shuningdek, birinchi shia imomi Ali ibn Abu Tolib ham shunday degani rivoyat qilinadi: Hech bir dardmand kishi bu masjidga kelib, unda namoz oʻqib, Allohga iltijo qilsa, Alloh uning gʻamini ketkazmay va soʻraganini bermay qoʻymaydi.

Ziyoratgohlar Masjidda imomiylar rivoyatlariga koʻra yetti nafar paygʻambar va imomga oid ziyoratgohlar bor, xususan: Imom Jaʼfar bin Muhammad as-Sodiq ziyoratgohi – masjidning oʻrtasida Ibrohim paygʻambar ziyoratgohi – masjidning shimoli-gʻarbiy burchagida Idris paygʻambar ziyoratgohi – masjidning janubi-gʻarbiy burchagida Xizr paygʻambar ziyoratgohi – janubiy va sharqiy tomonlar oraligʻidagi burchakda As-solihin paygʻambar (yoki Solih paygʻambar ziyoratgohi) – shimoliy va sharqiy tomonlar oraligʻidagi burchakda, masjidning asosiy kirish qismidan oʻng tomonda Imom Zayn al-Obidin va Ali bin al-Husayn ziyoratgohi – masjidning oʻrtasida Imom Muhammad al-Mahdiy, 12 imom ziyoratgohi – janubiy tomonning oʻrtasida (kelajakdagi maskan).

Galereya

Yana qarang

Iroqda Islom Iroqdagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Turkum:Iroqdagi masjidlar Turkum:Iroqdagi shiq masjidlari