Oysha Athermelik Dürrüşehvar Xonim (; 1767 – 1831-yil 11-may) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulhamid I ning eng katta qizi.
Yoshligi Dürrüşehvar 1767-yilda Istanbulda tugʻilgan. U tugʻilgan paytda otasi Abdulhamid hali shahzoda edi. Shahzodalarga taxtga chiqishlaridan oldin farzand koʻrish taqiqlangan boʻlib, Dürrüşehvarning tugʻilishi uning oʻldirilishi kerakligini anglatardi. Biroq Abdulhamid uni Istanbuldan olib chiqib, taxtga chiqquniga qadar xavfsiz joyda yashirishga muvaffaq boʻlgan.
Nikohi Otasi 1774-yilda taxtga chiqqach, Dürrüşehvar Istanbulga qaytarildi. Shunda Abdulhamid hammaning oldida uning oʻz qizi ekanini aytdi. Biroq Dürrüşehvarga sulton xonim unvoni berilmadi, shu bois unga sultonning asrab olingan qizi sifatida qaraldi.
1784-yilda Dürrüşehvar 17 yoshida otasi uni Hoji Salim ogʻaning oʻgʻli Nishonchi Ahmad Nazif afandiga turmushga berdi. Ularning nikohi Istanbulda boʻlib oʻtdi. Juftlikning Atiyatulloh Xonim va Zaynab Athermelik Xonim ismli ikki qizi boʻlgan.
Oysha Dürrüşehvar otasi vafot etgunga qadar farovon va huzur-halovatda hayot kechirdi. 1789-yilda eri hamda qaynotasi jiddiy ayblovlar sabab sulton Salim III tomonidan qatl etildi. Erining oʻlimidan keyin Dürrüşehvar beva qoldi va Usmoniylar imperiyasining koʻplab boshqa malikalari singari qayta turmush qurmadi.
Nakşidil Volida Sulton boʻlgach, Dürrüşehvar uni Topkapı saroyiga olib borishga mas’ul boʻlgan.
Vafoti Oysha Athermelik Dürrüşehvar Xonim 1831-yil 11-may kuni 64 yoshida Kuruçeşmedagi saroyida vafot etgan va Istanbulning Fotih tumanidagi Nakşidil Sulton maqbarasiga dafn qilingan.
Farzandlari Dürrüşehvar Xonimning ikki qizi boʻlgan:
Atiyatulloh Xonim (1785–1848) Koca Yusuf poshoning oʻgʻli Mulla Mehmedbeyga (vaf. 1824-yil 4-sentyabr) turmushga chiqqan. Ularning Ahmed Muhtar Mullabey afandi (1807-yil 10-iyul – 1882-yil 22-dekabr) ismli bir oʻgʻli boʻlib, ikki marta shayx ul-islom boʻlgan. Zaynab Athermelik Xonim (1789–1805) Izmir qozisi Ismoil Rahmi afandiga turmushga chiqqan.
Izohlar .
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1767-yilda tugʻilganlar Turkum:1826-yilda vafot etganlar Turkum:18-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari