Safir Airways (Pushtu tili: صافي هوايي شرکت; Forscha:خطوط هوایی صافی) — Afg‘onistondagi birinchi va eng yirik xususiy aviakompaniyalardan biri. Uning bosh qarorgohi Afgʻonistonning Kobul shahri, Shahr-e-Naw hududida joylashgan. Maʼmuriy ofisi esa Dubay aeroportining erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritgan. 2016-yil sentabr oyida aviakompaniya qarzlari va soliqlarini toʻlamagani sababli Afgʻoniston hukumati tomonidan uning faoliyati toʻxtatilgan.
Tarixi
Safi Airways Safi Groupning shoʻba korxonasi sifatida tashkil etilgan boʻlib, 2006-yilda uning raisi va bosh direktori Gʻulom Hazrat Safi tomonidan asos solingan. 2009-yil 15-iyunda Safi Airways Afgʻoniston poytaxti Kobul va Germaniyaning Frankfurt aeroporti oʻrtasida parvozlarni yoʻlga qoʻygan. Biroq, 2010-yil 24-noyabrda Yevropa Ittifoqi barcha afgʻon aviakompaniyalarining Yevropaga parvoz qilishini taqiqlagani sababli ushbu qatnovlar toʻxtatilganspiegel.de – „EU places Afghan airlines on blacklist“ (German) 22 November 2011 va shundan buyon qayta tiklanmagan.
2009-yil 5-noyabrda Safi Airways aviakompaniyasi Airbus A340-300 samolyotini qabul qilib oldi. Biroq Frankfurt yoʻnalishi Yevropa Ittifoqi taqiqi tufayli toʻxtatilganidan soʻng, ushbu samolyotdan foydalanish ham bosqichma-bosqich toʻxtatildi. 2011-yilda Safi Airways oʻzining Boeing 737-300 samolyotlarini Airbus A32x turkumidagi samolyotlar bilan almashtirdi. 2016-yilda esa uzoq masofali yoʻnalishlar uchun Airbus A330 samolyotini sotib olish rejalashtirilgan edi, biroq bu reja amalga oshmadi.
2012-yil fevralidan buyon Safi Airways Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA), IATA operatsion xavfsizlik auditi (IOSA) va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) talablariga muvofiq faoliyat yuritayotgan birinchi afgʻon aviakompaniyasi hisoblanganContact Info.
2016-yil 5-sentyabrda Afgʻoniston hukumati toʻlanmagan qarzlar va soliqlar sababli Safi Airways aviakompaniyasini barcha operatsiyalarini toʻxtatganreuters.com – Afghan carrier Safi Airways grounded over debts 5 September 2016.
Yoʻnalishlari 2018-yil sentyabr holatiga koʻra, Safi Airways quyidagi yoʻnalishlarga xizmat koʻrsatdi: MamlakatShaharAeroportRefAfgʻonistonBagramBagram aerodromiAfgʻonistonHirotHirot xalqaro aeroportiAfgʻonistonQobulKobul xalqaro aeroportiAfgʻonistonBalxBalx xalqaro aeroportiAfgʻonistonQandahorQandahor xalqaro aeroportiBahraynManamaBahrayn xalqaro aeroportiCanadaTorontoToronto xalqaro aeroportiGermaniyaFrankfurtFrankfurt aeroportiGermaniyaKyoln/BonnKyoln Bonn aeroportiGermaniyaGamburgGamburg xalqaro aeroportiHindistonDehliIndira Gandi xalqaro aeroportiHindistonHaydarobodRajiv Gandi xalqaro aeroportiEronTehronMehrobod xalqaro aeroportiEronMashhadMashhad xalqaro aeroportiQuvaytQuvaytKuvayt xalqaro aeroportiPokistonIslomobodIslomobod xalqaro aeroportiPokistonKarachiKarachi xalqaro aeroportiSaudiya ArabistoniJiddaQirol Abdulaziz xalqaro aeroportiBirlashgan Arab AmirliklariAbu DabiAbu Dabi xalqaro aeroportiBirlashgan Arab AmirliklariDubayDubay xalqaro aeroportiBirlashgan Arab AmirliklariSharjaSharja xalqaro aeroporti
Manbalar
Havolalar
Official website
Turkum:Afgʻoniston aviakompaniyalari