Oyqor — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Oyqor mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.
Etimologiyasi Qishloq nomi yaqinidagi Oyqor togʻi nomi bilan bogʻliq. Qishloq ushbu togʻ bagʻrida joylashgan boʻlib, togʻ choʻqqilarida yilning toʻrt faslida ham qor saqlanib turadi. Shu sababli hudud qorli togʻlar sifatida tanilgan va qishloq ham shu togʻ nomi bilan Oyqor deb atalgan.Nafasov T. Oʻzbekiston toponimlari izohli lugʻati. Toshkent, 2009.
Qishloq aholisi asosan bogʻdorchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadi.
Manbalar
Kategoriya:Baxmal tumani qishloqlari Kategoriya:Jizzax viloyati aholi punktlari