Qoʻshdarxat — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Bogʻishamol mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.

Etimologiyasi Qishloq nomi ikki qismdan tashkil topgan: qoʻsh va darxat. Qoʻsh o‘zbek tilida “ikki” maʼnosini bildiradi. Dar fors tilida “eshik” yoki “darvoza”, xat esa qadimgi turkiy tillarda “toʻsiq” maʼnosini anglatadi.Oʻzbek tilining izohli lugʻati. Toshkent, 2022.

Hududdan Tuyatortar kanali oqib oʻtadi. Kanaldagi suvni ikki tomonga taqsimlash uchun toʻsiq yoki toʻgʻon qurilgan bo‘lib, shu holat qishloq nomining paydo boʻlishiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, darxat soʻzi “toʻgʻon” maʼnosini ham bildiradi.

Manbalar

Kategoriya:Baxmal tumani qishloqlari Kategoriya:Jizzax viloyati aholi punktlari