Kandahar universiteti (KDRU; dariycha: دانشگاه قندهار; pashto: کندهار پوهنتون) — Afgʻonistonning Qandahor shahrida joylashgan yirik davlat universiteti. U 1990-yilda Muhammad Najibulloh prezidentligi davrida tashkil etilgan. Universitetning hozirgi rektori Shayx Mavlaviy Abdulrahmon Toyyib.

Soʻnggi oʻn yilliklarda Afgʻoniston Oliy ta’lim vazirligi tomonidan universitet kengaytirilib, koʻplab yangi binolar va infratuzilmalar barpo etilgan. Universitetda katta kutubxona va koʻp maqsadli sport maydoni mavjud. Shuningdek, universitet kampusida 25 million afgʻoniy qiymatidagi obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Ushbu loyiha doirasida yoʻllar va piyodalar yoʻlaklari qurilmoqda hamda hududning umumiy landshafti yaxshilanmoqda, Ariana News, February 1, 2024. 2025-yilda Haybatulloh Oxundzoda universitetga tashrif buyurib, talabalar va xodimlar oldida nutq soʻzlagan.

Fakultetlari Kompyuter fanlari Iqtisodiyot Ta’lim Muhandislik Jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar Til va adabiyot Huquq va siyosatshunoslik Jamoat salomatligi magistratura dasturi Tibbiyot Farmatevstika Davlat boshqaruvi va siyosat Shariat huquqi

Yana qarang Afgʻoniston Oliy ta’lim vazirligi

Manbalar

Havolalar

, January 26, 2020

Turkum:Afgʻoniston universitetlari