Hina Jilani (؛) — Pokiston Oliy sudi huquqshunosi, inson huquqlari himoyachisi. Pokistondailk bor tashkil etilgan toʻliq ayollardan iborat yuridik firma, mamlakatning ilk bepul yuridik yordam markazi hamda Ayollar harakatlari forumiga hammuassislik qilgan.
Yoshligi va taʼlimi Hina Jilani 1953-yil 19-dekabrda Pokistonning Lahur shahrida tugʻilgan va shu yerda voyaga yetgan. Huquqshunoslik boʻyicha taʼlimni tamomlagach, 1979-yilda advokat Ijaz Husayn Batalvi yuristlar idorasiga qoʻshilib, Pokistonda harbiy holat hukm surgan paytda huquq amaliyoti bilan shugʻullanishni boshlagan.
Faoliyati 1980-yil fevralida Jilani singlisi Asma Jahongir bilan birga Lahurda Pokistonda faqat ayollardan iborat ilk yuridik yordam amaliyoti — AGHS Legal Aid Cell (ALAC) tashkilotini tuzgan. Dastlab uning faoliyati ayollarga yuridik yordam koʻrsatish bilan cheklangan, biroq keyinchalik bosqichma-bosqich huquqiy taʼlim, ekspluatatsiyadan himoya, huquqiy tadqiqot va maslahat berish harakatlarini ham qamrab olgan. U, shuningdek, Pokiston Inson huquqlari komissiyasi, 1980-yilda kamsituvchi qonunchilikka qarshi kampaniya olib borish uchun tuzilgan guruhi — Ayollar harakatlari forumi (WAF) asoschilaridan biri hisoblanadi. Jilani 1986-yilda Pokistondagi ilk yuridik yordam markazini ham tashkil etgan. Bundan tashqari, 1991-yilda „Dastak“ nomli ayollar uchun boshpanani ham yoʻlga qoʻyishga yordam bergan.
Jilani, shuningdek, BMT Inson huquqlari kengashi, Karter markazi va BMTning Ayollar boʻyicha konferensiyasi bilan ham hamkorlik qiladi. 2019-yilda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi uni butun dunyo boʻylab matbuot erkinligini himoya qilish maqsadida huquqiy asoslarni ishlab chiqadigan ekspertlar paneliga tayinlagan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi rollari 2000-yildan 2008-yilgacha Jilani inson huquqlari himoyachilari masalalari boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibning maxsus vakili boʻlib xizmat qilgan„Meet the featured human rights defenders — Hina Jilani“ , Carter Center, February 2009.. 2006-yilda Darfur boʻyicha xalqaro tergov komissiyasi tarkibiga ham kiritilgan.
2009-yilda Jilani Gʻazo mojarosi boʻyicha BMTning faktlarni aniqlash missiyasi tarkibiga qoʻshilgan.
2017-yilda Jilani (Tarja Halonen bilan birga) Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti / BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining ayollar, bolalar va oʻsmirlar salomatligi hamda inson huquqlari boʻyicha yuqori darajadagi ishchi guruhiga hamraislik qilgan.
Tahdidlar Ayollar huquqlari boʻyicha faolligi natijasida Jilani va uning singlisi Asma Jahongir hibsga olingan va ularga oʻlim bilan tahdid solishgan. Shuningdek, ular qoʻrqitish va ommaviy haqoratga ham duch kelgan. Bundan tashqari, ularning oila aʼzolariga nisbatan suiqasd qilishga urinishlar ham amalga oshirilgan. 1999-yilda Samia Sarvar ishi ustida ish olib borgach, Jilani va Jahongir yana oʻlim tahdidlariga duch keldi. Sarvarning onasi qizi bilan yarashmoqchi boʻlayotganini roʻkach qilib, qurollangan odam bilan uning ofisiga kelgan. Qurollangan kishi Sarvarni otib oʻldirgan va Jilaniga ham oʻq uzgan, biroq Jilani qochib qutulishga muvaffaq boʻlgan. Boshqa bir safar qurollangan shaxslar uning uyiga bostirib kirib, oila aʼzolarini qoʻrqitgan. Jilani oʻsha payt uyda boʻlmagan. Shu kabi tahdidlar bilan uni bu yerdab koʻchib ketishga majburlashga urinishgan, biroq Jilani hanuz Lahurda yashab, shu yerda faoliyatini davom ettirmoqda.
Manbalar
Turkum:1953-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Pokistonlik demokratiya faollari Turkum:Pokistonlik inson huquqlari faollari Turkum:Pokistonlik ayol huquqshunoslar Turkum:Pokistonlik ayollar huquqlari faollari Turkum:Pokistonlik ayol diplomatlar Turkum:Pokistonlik diplomatlar