Abulhasan Ali ibn Ubaydulloh Sodiq (), shuningdek, Ali Daya (علی دایا) dastlabki Gʻaznaviylar hukmdorlari xizmatida boʻlgan qoʻmondon. Biroq keyinchalik ularning eʼtiboridan tushib, qatl etilgan.
Hayoti Ali Dayaning nomi ilk bor 1030-yilda tilga olinadi. Oʻsha yili Gʻaznaviylar sultoni Mahmud vafot etib, oʻrniga oʻgʻli Muhammad taxtga oʻtirgan edi. Biroq Gʻaznaviy qoʻshinlarining katta qismi, jumladan, Ali Daya ham Muhammadga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi va uning tajribaliroq ukasi Masʼud tomoniga oʻtdi. Masʼud oʻsha paytda Nishopurda edi. Oxir-oqibat Mas’ud gʻalaba qozondi va Ali Dayani uning vaziri Ahmad Maymandiy Gʻaznaviylar qoʻshinining Xurosondagi bosh qoʻmondoni (sipohsolor) etib tayinlandi. Shu tariqa Ali obroʻsizlangan turkiy sarkarda Astigʻtegin oʻrnini egalladi. Tez orada Ali Daya kishilik qoʻshin bilan saljuq turklariga qarshi yuborildi. 1035-yilda esa Ali lavozimidan olinib, safdoshi Begtogʻdi Xurosondagi bosh qoʻmondon lavozimiga tayinlandi.
Ali Daya 1040-yilda boʻlib oʻtgan Dandanakon jangida ham qatnashgan. Ushbu jangda Gʻaznaviylar halokatli magʻlubiyatga uchradi. Magʻlubiyat uchun Ali Daya va uning safdoshlarini aybdor deb bilgan Masʼud ularni qamab, soʻng Hindistonda qisqa fursatda qatl ettirdi. Fors shoiri Manuchehriy Ali Dayaga bagʻishlab bitta lirik sheʼr yozgani maʼlum.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1040-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:11-asr eroniylari Turkum:Gʻaznaviylar sarkardalari Turkum:Gʻaznaviylar davlatida qatl etilganlar Turkum:Gʻaznaviylar hokimlari