Muqadasa Ahmadzay (1992 yoki 1993-yil, Nangarhor, Afgʻoniston) — 2018-yilgi Afgʻoniston parlament saylovlarida ishtirok etgan afgʻonistonlik jamoat arbobi, siyosatchi va shoira. Muqadasa N-Peace mukofoti sovrindori va 2021-yilda BBCning „100 ayol“ roʻyxatiga kiritilgan.

Tarjimayi holi Muqadasa Ahmadzay 1992 yoki 1993-yilda Afgʻonistonning Nangarhorda tugʻilgan. 2017-yilda 24 yoshda boʻlgan. Ahmadzayning Nangarhordan boʻlgan jamoat arbobi va shoira ekanligidan xabar topgan olilasi dastlab uning faoliyatidan norozi boʻlishgan hamda Muqadasani jismoniy jazolashgan. Oʻsmirlik chogʻidayoq sheʼriy kitobini nashr ettirgan va kitobga amakisining bergan bahosi tufayli oilasining Muqadasa ijodiga boʻlgan fikrini oʻzgarishiga sabab boʻlgan. Ahmadzay Afgʻoniston Yoshlar parlamentining sobiq aʼzosi va spikeri oʻrinbosari, COVID-19 pandemiyasi davrida ayollar va jamiyatni dezinformatsiyaga qarshi qoʻllab-quvvatlashda jonbozlik koʻrsatgan. Muqadasa yana Afgʻonistondagi Milliy yoshlar kengashi asoschisi boʻlib, Afg‘oniston va Pokiston tinchlik muloqotlari doirasida afg‘on ayollari huquqlarini himoya qilgan. Boshqa ayollar bilan birga Jalolobodda ayollar huquqlarini ommaga xabardor qilish maqsadida shahar devorlarni bo‘yash kampaniyasini boshlagan. Shuningdek, Ahmadzay butun mamlakat boʻylab, jumladan, oʻsha paytda Tolibon nazorati ostida boʻlgan hududlardagi oilaviy zoʻravonlikka duch kelgan ayollarning uylariga tashrif buyurgan 400 nafar ayoldan iborat tarmoqni yaratgan. Afgʻonistonda ayollar huquqlari haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan „Kor“ assotsiatsiyasining asoschisi va direktori hamdir. 2018-yilda Afgʻoniston parlamentiga boʻlib oʻtgan saylovda ishtirok etganHumayoon, Haseeb, and Mustafa Basij-Rasikh. Afghan Women’s Views on Violent Extremism and Aspirations to a Peacemaking Role. United States Institute of Peace, 2020.. Ahmadzay Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan N-Peace mukofoti bilan taqdirlangan. 2021-yilda BBCning „100 ayol“ roʻyxatiga kiritilgan.

Manbalar

Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Nangarhor viloyatida tugʻilganlar Turkum:Afgʻoniston siyosatchi ayollari Turkum:BBC 100 ayol Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:2002-yilda vafot etganlar