Faiza Darkhani (; 1992-yil, Afgʻoniston) — afgʻonistonlik ekolog, ayollar huquqlari himoyachisi va oʻqituvchi. 2021-yilda BBCning „100 ayol“ roʻyxatiga kiritilgan.

Tarjimayi holi Faiza Darkhani 1992-yilda Afgʻonistonda tugʻilgan. Faiza Afgʻonistondagi iqlim oʻzgarishini oʻrganuvchi kam sonli olimalardan biri. Faizi Badaxshon viloyatidagi atrof-muhitni muhofaza qilish milliy agentligi direktori boʻlib ishlagan. Badaxshon universitetida oʻqigan, soʻngra "Putra Malaysia" universitetida oʻqigan va shu universitetda landshaft arxitekturasi yoʻnalishida magistr darajasini olgan. Faizaning tadqiqotlari shahar landshaftlarini barqaror boshqarishga hamda shahar dehqonchiligi va oziq-ovqat xavfsizligi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻrganishga qaratilgan. 2022—2024-yillarda Alexander von Humboldt fondi stipendiyasi sohibi boʻlgan va Germaniyadagi Leibniz qishloq xoʻjaligi landshaftini oʻrganish markazida (ZALF) ishlagan. Bu markazda muqobil oziq-ovqat tarmoqlarida ayollarning roli boʻyicha tadqiqotlar olib borgan va maqolalar nashr etgan. Tadqiqot ishlari Germaniya Federal taʼlim, oila, keksalar, xotin-qizlar va yoshlar masalalari boʻyicha vazirligi tomonidan 2025-yilda chop etilgan gender tengligi boʻyicha toʻrtinchi hisobotda ham qayd etilgan. 2024-yilda Faiza Kanadaning Vankuver shahriga koʻchib oʻtadi va Britaniya Kolumbiyasi universitetining oʻrmon xoʻjaligi va atrof-muhitni boshqarish fakultetida doktorant sifatida faoliyat olib bora boshlaydi. Ilmiy rahbari Sarah E. Gergel.

Manbalar

Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:BBC 100 ayol Turkum:Afgʻoniston ayollari