Project Hail Mary — 2026-yilda yaratilgan Amerika ilmiy-fantastik va sarguzasht janridagi film bo‘lib, unga Phil Lord va Christopher Miller rejissorlik qilgan. Film ssenariysi Andy Weirning 2021-yilda chop etilgan asariga asoslanib Drew Goddard tomonidan yozilgan. Kartinada bosh rollarni Ryan Gosling (u shu bilan birga prodyuser ham), Sandra Hüller, James Ortiz va Lionel Boyce ijro etgan. Syujet markazida Ryland Grace ismli qahramon turadi — u yulduzlararo kemada uyg‘onadi va bu yerga qanday kelib qolganini eslay olmaydi.
Filmning ilk namoyishi 2026-yil 9-mart kuni Londonda bo‘lib o‘tgan. 2026-yil 20-martdan boshlab esa AQShda Amazon MGM Studios tomonidan rasmiy ravishda kinoteatrlarda namoyish etilgan. Film ijobiy baholarga ega bo‘lib, umumiy hisobda 148 million dollar daromad keltirgan va 2026-yilning eng daromadli filmlari orasida 9-o‘rinni egallagan.
Manbalar
Turkum:4DX-filmlar Turkum:Phil Lord va Christopher Miller filmlari Turkum:Oʻzga sayyoraliklar haqidagi filmlar Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari